Internetda iPhone 13 Pro Max’ning tarqalgan chizmalari asosida 3D-printerda maketi yasalib, 12 Pro Max bilan ilk taqqoslovlari tarqaldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Apple’ning yangi eng katta smartfoni o‘zidan oldingi modeldan qalinroq bo‘ladi — 7,65 millimetr (12 Pro Max — 7,39 millimetr). Smartfon ishlab chiqaruvchilar minimal qalinlikka ega korpus ortidan quvishni bas qilishni boshladi, chunki ingichka korpusga keng sig‘imli akkumulyator va zamonaviy kameralar modulini joylashtirish mushkul.
Shu bilan birga, iPhone 13 Pro Max’ning kameralar moduli ham sezilarli darajada kattaygan — aftidan, Apple unga ancha katta sensor va obyektivlarni o‘rnatadi. Biroq hozircha bu haqda aniq ma’lumotlar yo‘q.
2021-yilda Apple’ning yangi smartfonlari taqdimoti odatdagi rejimda — sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Agarda kuzga borib pandemiyaga bog‘liq vaziyat yaxshilanmasa, taqdimot onlayn o‘tkazilishi mumkin. Ammo taqdimot sanasi o‘tgan yilgidek ko‘chirilmaydi.
Avvalroq iPhone 13 2021-yilda taqdim etilmasligi, bu yilgi lineyka iPhone 12s nomini olishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)