Bozorda iPhone 12 smartfonlari paydo bo‘lganidan so‘ng iPhone 13 lineykasiga oid qator ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq endilikda iPhone 13 2021-yilda taqdim etilmasligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Gap shundaki, yetkazib berish zanjiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi lineyka iPhone 12s nomini oladi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Bunga qadar ham Apple oraliq versiyadagi smartfonlarni ishlab chiqarish orqali shu kabi strategiyadan foydalangan. Ular biroz yaxshilanishga uchrab, asosiy raqamdagi smartfonlardan farq qilmaydi. iPhone 13’ga kelinadigan bo‘lsa, mazkur lineyka keyingi yilda chiqishi kerak.

Avvalroq Apple iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max o‘rnini egallaydigan to‘rtta smartfon modelini ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Smartfonlar eni o‘zgarishsiz qoladi, qalinligi esa 0,26 millimetrga ortadi, bundan tashqari, asosiy kamera blokining qalinligi ham 0,9 millimetrga ortishi kutilmoqda, kameraning o‘zi esa yoqut shisha bilan qoplanadi.

Pro va Pro Max katta modellariga LTPO ekranlari o‘rnatilishi kutilmoqda, ular 120 gertsi yangilanish chastotasini, shuningdek, tasvirlarning ehtimoliy uzilishidan qochishga yordam beradigan Freeesync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.