Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Manchester Yunayted” 18-aprel, yakshanba kuni “Byornli”ni qabul qildi.
Uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlarining qo‘li baland keldi. 48-daqiqada Meyson Grinvudning urgan goliga mehmonlar Jeyms Tarkovskining 50-daqiqadagi goli bilan javob qaytardi. Ammo o‘yin tugashi arafasida Meyson Grinvud dublni rasmiylashtirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Edinson Kavani o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin manchesterliklar 66 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Byornli” esa 33 ochko bilan 17-o‘rinni band etgan.
APL
32-tur bahsi
18-aprel, yakshanba
“Manchester Yunayted” — “Byornli” 3:1
Gollar: 1:0 – 48 Grinvud, 1:1 – 50 Tarkovski, 2:1 – 84 Grinvud, 3:1 — 90+3 Kavani.“Manchester Yunayted”: Henderson, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Lindelyof, Fred (Kavani, 46), Pogba, Maktomini, Brunu Fernandesh, Grinvud, Reshford (van de Bek, 84).
“Bernli”: Pikok-Farrell, Louton, Teylor, Tarkovski, Mi, Kork, Vestvud, Gudmundsson (Rodriges, 88), Braunxill (Vidra, 88), Maknil, Vud.
Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (26), Kork (57).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)