• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarning xarajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi

    Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, 1-maydan boshlab xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarning xarajatlari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Xo‘sh, bu tizim qanday muammolarni yechadi?

    Birinchidan, asosan chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar mablag‘ tufayli grant (scholarship) qidiradi. Lekin test topshirishga va tavakkal qilishga puli bo‘lmaydi. Endilikda IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE va yana 13 xildagi xalqaro imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatgan yoshlarning imtihon xarajati bilan bog‘liq muammolari bo‘lmaydi. Uning oilasi, ota-onasi ham davlatning yordamini his qiladi.

    Birgina IELTS xalqaro imtihonini O‘zbekistonda topshiruvchilar qayd etgan o‘rtacha natija 5,7 ballni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 6,1 ballga teng. Bu borada O‘zbekiston 34-o‘rinda turibdi. Yuqori natija ko‘rsatgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan to‘lab berilar ekan, yoshlar yuqori natija uchun, ko‘proq bilim olish uchun harakat qilishi talab etiladi.

    Ikkinchidan, bizda chet elga o‘qish yoki ishlash uchun ketadigan aholining ziyoli qatlami asosan shu xalqaro test tizimlari orqali ketadi. Endilikda bizda bu ziyoli qatlamning bazasi shakllanadi. Bu esa davlat uchun o‘ta muhim, ya’ni iqtidorli va salohiyatli yoshlarning bazasi yaratiladi.

    Uchinchidan, bu “El-yurt umidi” jamg‘armasi uchun yaxlit tizim. Aynan shu xalqaro test tizimlarida yuqori ball olgan yoshlarni davlat saralab olib, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga jo‘nata oladi.

    2018—2020-yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyalari orqali xorijda ta’lim olish va stajirovka o‘tash dasturlarining viloyatlar kesimidagi statistikasiga ko‘ra, jamg‘armaning eng ko‘p stipendiati Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 695 nafar. Eng kam ko‘rsatgich esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda — 2 nafar. Bundan keyingi o‘rinda Surxondaryo viloyati — 6 nafar.

    Bu ko‘rsatgichlar viloyatlar kesimida qaralganda juda ham kam. Markazda ko‘p, viloyatda esa kam. Bu tizim orqali barchaga teng imkon berilmoqda.

    To‘rtinchidan, davlatning kadrlar siyosati uchun zaxira kadrlar tizimi yaratiladi. Albatta, til biladigan, xalqaro imtihonlardan yuqori natija ko‘rsatgan va xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan minglab kadrlarni yetishtiramiz.

    Beshinchidan, bu mexanizm — bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chekka joydagi yoshlarning ham sifatli ta’lim olishiga, xorijning nufuzli ta’lim dargohlarida tahsil olishiga va, albatta, davlat uchun foydali kadr bo‘lib yetishishiga keng yo‘l ochadigan tizim bo‘ladi.

    Yoshlardan talab qilinayotgan narsa — intilish, harakat va bilim olish. Davlat bugun, siz yoshlarga imkoniyatlar eshiklarini ochar ekan, kun kelib, albatta, uni yanada yuksaltirishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz lozim. Belni mahkam bog‘lang, yoshlar! Zamon sizniki, imkoniyatlar sizniki!

    @alisher sadullayev

    Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги матбуот хизмати

    17.04.2021, 15:00   Izoh (0)   37015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida 173 mln so‘mni talon-toroj qilgan maktab direktoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    17.04.2021, 14:37

    Xodimlarini haqorat qilgan Angren MIB boshlig‘iga hayfsan berildi

    17.04.2021, 13:38

    O‘zbekistonga aprel oxiriga qadar yana 1 mln dona Xitoy va 300 ming dona “Sputnik V” vaksinalari olib kelinadi

    17.04.2021, 12:33

    Senatorlar aviachiptalar narxining qimmatligi bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga so‘rov yubordi

    17.04.2021, 12:20

    O‘zbekistonda tarovih namozlarida 65 yoshdan kattalar va maktab o‘quvchilarining ishtirok etmasligi tavsiya qilindi

    17.04.2021, 11:51

    “Kerak bo‘lsa, bir-ikkitasi ishdan ketadi”. Abdulla Aripov karantin qoidalariga rioya qilmayotgan davlat idoralari rahbarlarini tanqid qildi

    17.04.2021, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.