UFC 264 musobaqasi uchun chiqarilgan 20,8 ming chipta soniyalar ichida sotib tugatildi. Bu haqda UFC prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.
Mazkur musobaqaning asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi kechadi. Musobaqaga AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasi mezbonlik qiladi. UFC kechasi Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq mazkur musobaqada o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov ham jang qilishi xabar qilingandi. Biroq hozircha unga kim raqib bo‘lishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Porye UFC 257 musobaqasida Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Undan avval yakkakurashchilar 2014-yilda ham o‘zaro to‘qnash kelgan va unda irlandiyalik sportchi birinchi raundda Poryeni nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)