Olimlarning aniqlashicha, so‘nggi 20 yil ichida global miqyosdagi shaharlar maydoni ikki barobarga oshdi. Bu haqda Science Bulletin jurnalida nashr etilgan maqolaga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Geografiya fanlari va tabiiy resurslarni tadqiq qilish instituti, Shimoli-sharqiy qishloq xo‘jaligi universiteti va Futszyan Pedagogika universiteti xodimlaridan tuzilgan jamoa ushbu tadqiqotni olib bordi. Uning natijalariga ko‘ra, 2000-yilda 239 ming kvadrat kilometr bo‘lgan shaharlar maydoni 2020-yilda 519,8 ming kvadrat kilometrga yetdi.
Ma’lumotlar sputniklar yordamida olindi, keyin 30 metrlik o‘lchamdagi shaharlarni kengaytirish rejasi ishlab chiqildi. Ro‘yxatga besh yillik interval bilan o‘tkazmaydigan yuzalar, ko‘kalamzorlashtirish va suv havzalari rejasi kiritildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi o‘n yil ichida shaharlarning kengayishi yiliga 17,5 ming kvadrat kilometr kengayish bilan rivojlandi.
2020-yilda shaharlardagi yashil maydonlarning hududi 171,6 ming kvadrat kilometrni (umumiy shaharlar maydonining 33 foizi) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2000-yilda 65,4 ming kvadrat kilometrni (umumiy shaharlar maydonining 27 foizi) tashkil etgan edi.
Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, qahva, kakao va boshqa mahsulotlarning rivojlangan mamlakatlarga import hajmining ortishi tropik o‘rmonlarga tobora ko‘proq xavf tug‘diradi. Nature Ecology & Evolution ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Buyuk Britaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda qahvaga talabning o‘sishi yiliga bir kishi uchun to‘rtta daraxtning kesilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2002-yildan 2019-yilgacha insoniyatning faoliyati 600 ming kvadrat kilometr o‘rmonni vayron qildi, bu deyarli Fransiya hududi bilan teng maydon hisoblanadi. Yoshi ulug‘ tropik o‘rmonlarning 34 foizi yo‘q qilindi va yana 30 foizi chirib, nobud bo‘lgan.
Izoh (0)