• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: 2021-yil birinchi chorak natijalari va birinchi yarim yillik uchun ustuvor vazifalarga doir videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tizimdagi boshqarma, korxona va tashkilotlar, neft baza rahbarlari ishtirokida 2021-yilning ortda qolgan davrida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

    Yig‘ilish avvalida boshqaruv raisi tabiiy gaz qazib chiqarish 8,2 milliard kub metrni tashkil etib, balans bo‘yicha 100,9 foizga, kondensat 100 foizga (358 ming tonna), neft bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlar 109 foizga (31 ming tonna) bajarilgan bo‘lsada, qo‘shimcha reja topshirig‘i bo‘yicha ayrim mas’ullar ishni to‘g‘ri tashkil qilmaganini keskin tanqid qildi.

    Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2021-yilda geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi rejalar belgilangan bo‘lib, quduqlarni ishga tushirish 113 foiz (45 ta quduq), quduqlarni mukammal ta’mirlash 101 foizga, (174 ta quduq) bajarildi. Boshqaruv raisi ushbu yo‘nalishda bundanda yuqori natijalar kutilganini alohida ta’kidlab, birinchi yarim yillikda yanada ko‘proq tabiiy gaz quduqlarini ishga tushirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

    Neft va gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha, jumladan, avtobenzin 128 foiz (238 ming tn), dizel yonilg‘isi 185 foiz (77 ming tn), polietilen 101 foiz (35 ming tn) yo‘nalishlarida rejani ortig‘i bilan bajarish qayd etilgan bo‘lsada, aviakerosin, mazut ishlab chiqarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yilgani ta’kidlandi va buning uchun tegishli rahbarlar ogohlantirildi. Suyultirilgan gaz (159 ming tn) bo‘yicha ham belgilangan qo‘shimcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilmagani, agarda birinchi yarim yillikda ham shu holat takrorlansa, mas’ullarga qat’iy jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

    O‘z navbatida yuqori natijalar qayd etilgan yo‘nalishlar alohida e’tirof etildi. Aynan eksport yo‘nalishida natijalar 111 foizga bajarilib, o‘sish surati 107 foiz  bo‘lishiga erishilgan. Xuddi shu kabi investitsiyalarni o‘zlashtirish 103 foiz, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 105 foiz, importni qisqartirish 157 foizga bajarildi.

    Boshqaruv raisi “O‘zbekneftgaz” AJ oldida turgan eng asosiy masala – tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari holati shuncha sharoit yaratilganiga qaramay, joylarda ishni to‘g‘ri tashkil qilinmayotganini tanqid qildi.

    Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilgan bo‘lsada, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 98 foiz bo‘lib, 103 million kub metrga kam qazib chiqarilgani, siquv kompressor stansiyalarining tabiiy gaz qazib chiqarish quvvati kunlik 1,5 million kub metr bo‘lsada, bugungi kunda ulardan samarali foydalanilmayotgani, avariya holatda to‘xtalishlar ko‘p sodir bo‘layotgani, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshib ketgani va bunga aynan boshqarma rahbari javobgar ekani aytib o‘tildi.

    Shu sababli, boshqaruv raisi o‘rinbosari Shahzod Alirizayev, Muxtor Temirov, qurilish departament boshlig‘i Orifjon Quvanov, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari Rustam Sherovga tabiiy gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish maqsadida, uzunligi 5 kilometr (diametri 426 mm va 530 mm) bo‘lgan gaz quvurlarini yotqizish va qurilish-montaj ishlarini tezlashtirish bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi.

    “Alan” va “Zevarda” koni quduqlar fondi bilan ishlab, yangi quduqlarni burg‘ilab ishga tushirish orqali gaz qazib chiqarishni ko‘paytirish choralarining ko‘rilishi belgilandi.

    Bundan tashqari, boshqaruv raisi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyatiga ham alohida to‘xtalib, tabiiy gaz qazib chiqarish rejasi bajarilgan bo‘lsada, o‘sish sur’ati kutilganidek bo‘lmaganini, boshqarmada avariyaviy to‘xtalishlar soni oshgani tanqid qildi.

    Shu o‘rinda boshqaruv raisi o‘rinbosari Alisher Mustafayev, departament boshliqlari Sirojiddin Mallayev va Aziz Rahmonov, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbari Shokir Jabborovga birinchi yarim yillikda tabiiy gaz qazib chiqarish qo‘shimcha topshiriq bilan 4 milliard 433 million kub metrdan kam bo‘lmagan hajmda ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.

    O‘z navbatida, Vodiy neft va gaz qazib chiqarish hamda Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi rahbarlari ham ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani, yetarli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarmagani uchun rasman ogohlantirildi.

    Boshqaruv raisi Muborak gazni qayta ishlash zavodida 21 marotaba avariyaviy to‘xtalishlar sodir bo‘lgani, shundan 18 tasi kompressorlar bilan bog‘liq nosozliklar ekanini tanqid qildi.

    Ushbu holatlar oqibatida ishlab chiqarish jarayonlari to‘xtab, zavodga katta miqdorda moliyaviy zarar yetayotgani, to‘xtalishlar natijasida suyuq uglevodorodlar yo‘qotilayotgani, buni oldini olish uchun zudlik bilan barcha choralar ko‘rilishi bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

    Boshqaruv raisi joriy yil birinchi chorakda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolarni qayta takrorlamaslik hamda ikkinchi chorakda tabiiy gaz qazib chiqarish va uni qayta ishlash, quduqlarni kapital ta’mirlash, burg‘ilash ishlarini jadallashtirish maqsadida uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig‘i Aziz Rahmonov boshchiligida tegishli departament mutaxassislaridan tarkib topgan tezkor ishchi guruh tashkil qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Yig‘ilish so‘nggida boshqaruv raisi neft bazalar faoliyatiga alohida to‘xtalar ekan, shuncha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga qaramay, neft bazalarining rahbarlari tegishli xulosa chiqarmayotgani, ishni to‘g‘ri tashkil qilmayotganini aytib o‘tdi.

    Neft bazalar tomonidan dizel yonilg‘isini sotish ko‘rsatkichlari juda achinarli holatda ekani, 2021-yil 1-yanvar holatiga 34,7 milliard so‘mlik debitor qarzdorlik, jumladan, Buxoroda 26,5 milliard so‘m va Jizzaxda 8,2 milliard so‘mlik qarzdorlik yil davomida yashirib kelingani ta’kidlandi.

    Faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, jumladan, debitor qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilmaganligi sababli Jizzax neft bazasiga qarashli Zarbdor filiali direktori egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Boshqaruv raisi Moliyaviy va komplayens nazorat departamenti tomonidan o‘rganishlar olib borilayotganiga qaramay, hanuzgacha sohada talon-taroj va o‘g‘irliklar bo‘layotganini aytib, bu borada to‘plangan hujjatlar tegishliligicha prokuratura organlariga berilishini ma’lum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, o‘rganishlar natijasida Ustyurt boshqarmasi tasarrufidagi avtotransport vositalari asossiz ravishda, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan holda Ustyurt burg‘ilash boshqarmasiga 3 oy xizmat ko‘rsatib kelgan. Shuningdek 1 yil davomida nosoz holda turgan buldozer transport vositasiga biriktirilgan 2 ta haydovchiga 65 million so‘m ish haqi to‘langani, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida amalda mehnat faoliyatini olib bormayotgan xodimlarga oylik ish haqi hisoblangan va to‘lab kelingan. Muborak gazni qayta ishlash zavodida haydovchilarning mehnatga buyruqsiz jalb qilingani, noqonuniy yo‘l varaqalari rasmiylashtirilgani, Maroqand neft bazasi Nurobod filialida 115 ming litr yoki qiymati 663 million so‘m bo‘lgan mahsulot kamomadi aniqlandi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    13.04.2021, 19:30   Izoh (0)   10082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: “Har bir oliygoh yon-atrofidagi kamida 5-10 tadan mahalla uchun ma’naviyat markazi va madaniyat o‘chog‘i bo‘lishi kerak”

    13.04.2021, 19:12

    Navoiydagi qamoqxonada “Hizb ut-Tahrir” tarafdori mahkumlarga terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgani aniqlandi

    13.04.2021, 19:05

    Shavkat Mirziyoyev rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi

    13.04.2021, 18:34

    Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlarga yil yakunigacha 2 million nafar yoshlarni to‘garak va musobaqalarga jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi

    13.04.2021, 18:22

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    13.04.2021, 18:11

    Shavkat Mirziyoyev: “‘Yoshlar daftari’dagi yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xara...

    13.04.2021, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.