• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ouen, Ibragimovich, Pepe. “El-Klasiko”larda gol urgan, biroq muxlislar yodidan ko‘tarilgan 10 futbolchi

    Lionel Messi, Raul, Luis Suares, Serxio Ramos, Neymar, Krishtianu Ronaldu, Xavi, Karim Benzema, Luish Figu, Roberto Karlos, Ronaldu, Rivaldo va Ronaldinyo... Sayyoradagi eng ulkan uchrashuv hisoblangan “El-Klasiko”da gol urgan futbol yulduzlari ro‘yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Hatto jamoalarning hozirgi murabbiylari Ronald Kuman va Zinedin Zidan ham klasikolarda gol urgan. Zidan bu ishni uch marta qilgan bo‘lsa, Kuman “Real” darvozasiga beshta gol urgan.

    Shunday bo‘lsa-da, “El-Klasiko”larda gol urgan, biroq muxlislar yodidan ko‘tarilib ketgan nomlar talaygina. Bunga sabab ularning ayrimlari mashhur to‘purar emas, ba’zilari esa boshqa klubda o‘zini ko‘rsata olgan. Quyida XXI asrda klasikolarda gol urgan, biroq ko‘pchilikning yodidan chiqib ulgurgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

    Nikolya Anelka (“Real Madrid”)

    Klasikodagi goli: 2000-yil

    Anelka ismini eshitganda ko‘pchilik uning APL klublari bo‘ylab qilgan “sayohati”ni eslaydi. Aksariyat muxlislar uning klasikoda gol urgani, tugul “Real” safida harakat qilganini ham bilmaydi. Biroq fransiyalik futbolchi asrning ilk “El-Klasiko”sida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olgan, o‘shanda Madrid shahri jamoasi o‘z uyida “Barselona”ni 3:0 hisobida yenggandi.

    Jovanni van Bronkxorst (“Barselona”)

    Klasikodagi goli: 2004-yil

    Van Bronkxorst “Arsenal”dan “Barselona”ga yo‘l olgan, biroq u Mark Overmars yoki Emmanuel Petidan farqli o‘laroq katalonlar safida muvaffaqiyatga erishgan. Frank Raykaard qo‘l ostida va Ronaldinyo yetakchiligida “uyg‘onayotgan” “Barselona” Madriddagi 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z uyida azaliy raqibini 3:0 hisobida taslim etadi. Jovanni esa ushbu gollarning ikkinchisiga mualliflik qiladi.

    Maykl Ouen va Jovanni van Bronkxorst

    Maykl Ouen va Jovanni van Bronkxorst
    Foto: Getty Images

    Maykl Ouen (“Real Madrid”)

    Klasikodagi goli: 2005-yil

    “Real” 2004/05-yilgi mavsumning dastlabki qismida “Barselona”dan 0:3 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilib oladi. Biroq ikkinchi davrada madridliklar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritadi. “Madrid”ning to‘rtinchi goliga esa jamoa tarixidagi eng yomon transferlardan biri deya ta’riflanadigan Ouen muallif bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Ruud van Nistelroy (“Real Madrid”)

    Klasikodagi gollari: 2007, 2008

    Lionel Messi 2007-yilgi klasikoda het-trik qayd etgan holda o‘zini butun olamga ko‘z-ko‘z qiladi. Ammo bu o‘yin yakunda 3:3 hisobi bilan tugaydi va “Manchester Yunayted”ning sobiq forvardi bu bahsda dublga muallif bo‘ladi. Niderlandiyalik futbolchi Madridda u qadar uzoq muddat harakat qilmagan bo‘lsa-da, yuqori samaradorlik ko‘rsatgan: u uch yarim mavsum davomida “Real” safida 96 o‘yin o‘tkazib, 64 ta gol muallifiga aylandi va ularning uchtasi “El-Klasiko”da kiritildi.

    Zlatan Ibragimovich (“Barselona”)

    Klasikodagi goli: 2009-yil

    Zlatan A Seriya, Liga 1 va MLS afsonasi hisoblanadi. Biroq uning La Ligadagi faoliyati u qadar muvaffaqiyatli kechmagan. Biroq shvetsiyalik yulduz o‘z nomini “El-Klasiko” tarixiga gol bilan yozdirib qo‘ya olgan. 2009-yildagi klasikoda Zlatan qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylagan holda “Kamp Nou”ni larzaga keltiradi va bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoladi.

    Aryen Robben (“Real Madrid”)

    Klasikodagi goli: 2008-yil

    Niderlandiyalik futbolchining “Real” safidagi harakatlari ko‘pchilik uchun esda qolarli bo‘lgan. Biroq hamma ham uning klasikodagi golini eslay olmasa kerak. 2007/08-yilgi mavsum chempionligini qo‘lga kiritishda Robben “Real”ga juda katta yordam beradi. O‘sha mavsumning ikkinchi davrasida jamoa katalonlarni 4:1 hisobida taslim etadi. Gollardan biriga Aryen mualliflik qiladi.

    Foto: Getty Images

    Fransesk Fabregas (“Barselona”)

    Klasikodagi goli: 2011, 2013

    Premyer Ligada haqiqiy dinamit hisoblangan Fabregas La Liga kelib “bengal uchquni”ga aylanib qolgandi. Garchi “Barselona”da uning Ispaniya terma jamoasidagi ko‘plab safdoshlari harakat qilsa ham, Seskning o‘zi hech “ko‘k-anorranglilar”ga kirishib keta olmadi. Biroq u ikki bor “El-Klasiko”da gol urdi, ikkalasi ham “Santyago Bernadeu”da yuz berdi!

    Aleksis Sanches (“Barselona”)

    Klasikodagi gollari: 2011, 2012, 2013

    So‘nggi yillarning eng omadsiz o‘yinchilaridan biri bo‘lib turgan Aleksis Sanches katalonlar jamoasidagi muvaffaqiyatlarini hech qayerda takrorlay olmadi. Katalonlar hujum chizig‘ining ajralmas bo‘laklaridan biri bo‘lgan chililik futbolchi qatorasiga uch yil klasikolarda gol urgan.

    Foto: Getty Images

    Sami Xedira (“Real Madrid”)

    Klasikodagi goli: 2012-yil

    2011/12-yilgi mavsumning ikkinchi davrasidagi o‘yin “Real”ga peshqadamlikni mustahkamlash uchun juda muhim edi. Xedira uchrashuv avvalida Karles Puyolning ehtiyotkorsizligidan unumli foydalanib hisobni ochadi. Keyinchalik yuqorida tilga olingan Aleksis Sanches muvozanatni tiklaydi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ronaldu to‘p kiritgan holda “Kamp Nou”ni tinchlanishga chaqirgan o‘sha mashhur uslubda gol nishonlashini amalga oshiradi.

    Pepe (“Real Madrid”)

    Klasikodagi goli: 2014-yil

    Barcha portugaliyalik himoyachini “Barselona” hujumchilarining kushandasi sifatda yaxshi biladi. Biroq Pepe “El-Klasiko”larda nafaqat buzuvchi vazifasini o‘tagan, balki chiroyli golga ham mualliflik qilgan.

    10-aprel tunida bizni yana bir “El-Klasiko” kutmoqda. Balki, bu o‘yinda ham yangi nomlar qarama-qarshilik tarixida o‘z nomini qoldirar…

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    10.04.2021, 22:25   Izoh (0)   20102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Liverpul” Saloh va Aleksandr-Arnoldning gollari evaziga irodali g‘alabaga erishdi

    10.04.2021, 21:28

    Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

    10.04.2021, 21:20

    Superliga. Marko Stanoyevich Ignatiy Nesterovni ikki bor xafa qilgan o‘yinda “Nasaf” safarda “Qizilqum”dan ustun keldi

    10.04.2021, 21:00

    Bundesliga. “Bavariya” o‘z uyida ochko yo‘qotdi, “Leypsig”da yirik hisobdagi g‘alaba. 7 gol urilgan bahsda “Ayntraxt” “bo‘rilar”ni yengdi

    10.04.2021, 20:48

    APL. “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib mag‘lubiyatga uchradi

    10.04.2021, 18:39

    “Yuventus” Paulo Dibalani PSJ hujumchisiga almashtirmoqchi

    10.04.2021, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.