• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada 12 ta qurilish obyektida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ishlar sudga oshirildi

    Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab hududiy nazorat inspeksiyalari bilan birga qurilayotgan obyektlarni o‘rganish ishlari davom etdi va bu borada Farg‘ona viloyatida ham qator sifatsiz qurilish obyektlari aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

    Qayd etilishicha, “Dono nashriyoti” MChJ tomonidan qurilayotgan obyekt bo‘yicha Farg‘ona shahar hokimining 2020-yil 18-avgustdagi 441-sonli qaroriga asosan tegishli arxitektura–shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish montaj ishlari boshlagani haqida 2020-yil 9-sentabrda 22299667-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ushbu obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi.

    Barcha kolonnalarda bir-biriga ulanishi noto‘g‘ri bajarilgan. Barcha rigellarda ulanish qismlari noto‘g‘ri joyga qo‘yilgan. KMK 2.03.01-96 bo‘yicha qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Yuqori qismidagi armatura kolonna bilan tutashgan joyida ulanib qolgan. Pastki qismi rigelning o‘rtasida ulanib qolgan. Yerto‘la qismida FBSlar noto‘g‘ri terilgan. KMK 2.01.03-96 p.3.1.11a band bo‘yicha armaturalar tashlab ketilmagan.

    Ushbu tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

    Shuningdek, Farg‘ona shahar hokimining 2019-yil 19-noyabrdagi 1114-sonli qaroriga asosan “Marg‘ilon binokor ta’mir qurilish” MChJga 12 qavatli 1 va 2-qavatida hunarmandlar markazi, sog‘lomlashtirish majmuasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi hamda qolgan qavatlarida turar joy qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va tashkilot tomonidan qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 6-avgustda 21242539-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ushbu obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlanib, mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

    Shu bilan birga, 2020-yil 21-apreldagi Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma bilan fuqaro Doniyor Mirzayev O‘rinboyevichga tegishli yer maydonida 9 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan.

    Ushbu bayonnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va qurilish ishlari boshlangani haqida 22009248-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Ammo obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda yerto‘la qismida kolonnalar noto‘g‘ri chiqarib ketilgan. Tashqi to‘siq devorlarini mayda blokli g‘isht materialidan ishlatilgan va kolonnalarga biriktirilgan. Loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalar bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan.

    Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga ushbu turar joy binosiga tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qurilish montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

    Bundan tashqari, Temurbek Tilavoldiyev Rasul o‘g‘liga tegishli yer maydonida 9 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida inspeksiyaga 2020-yil 28-avgustdagi 22008301-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ammo loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. Diafragma devorlari kolonna bilan tutashgan qismida kamchiliklar mavjud. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalari bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan. Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fuqaroga qurilish montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

    Yana bir holat, Farg‘ona shahar hokimining 2019-yil 19-noyabrdagi 1114-sonli qaroriga asosan “Farg‘ona qurilish ko‘rki” MChJga 12 qavatli 1 va 2-qavatida hunarmandlar markazi, sog‘lomlashtirish majmuasi va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi hamda qolgan qavatlarida turar joy qurilishiga ruxsat berilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ushbu bayonnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 6-avgustda 21311377-sonli xabarnoma yuborgan.

    Biroq obyekt joyiga chiqib o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra MChJning mas’ul shaxsiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.

    Shuningdek, elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi №YU 074-020056, №YU 074-020226, №YU 074-019744 sonli bayonnomalar bilan “Fergana tex servis Yuriy” MChJga tegishli yer ajratilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ushbu obyekt bo‘yicha arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 22-avgustda 18902302, 21797626, 21799339, 21799370-sonli xabarnomalar yuborilgan.

    Biroq obyekt o‘rganilganda tashqi to‘siq devorlari mayda blokli g‘isht materialidan ishlatilgan va kolonnalarga biriktirilgan. Loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. Umuman noto‘g‘ri armaturadan karkas to‘qilgan. Plitalarda shaxta teshiklari noto‘g‘ri ochib ketilgan. Quyma monolit armaturalari korroziyadan himoyalanmagan holda ochiq qolib ketgan. Loyihada zinapoya devordan ajratilmagan va zina noto‘g‘ri qo‘yib ketilgan.

    Inspeksiya tomonidan tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

    Farg‘ona viloyati hokimining 2017-yil 29-maydagi 299-sonli qarori bilan “Poytaxt mavzsi” MChJga baholangan miqdordagi kompensatsiya to‘lovlari qoplab berilganidan so‘ng 15500,0 kvadrat metr yer maydoniga kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga turar joy binosi qurilishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va inspeksiyaga qurilish ishlari boshlanganligi haqida 2020-yil 26 -oktabrda 23756384-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Obyekt murakkablik toifasiga ko‘ra III toifadagi obyektlar qatoriga kirsada, “Farg‘ona arxitek sanoat muhandis tarmoq loyiha” MChJning “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya”si obyekt murakkablik toifasiga ko‘ra II toifadagi obyektlar uchun berilgan.

    Qurilishga loyiha tashkiloti tomonidan tasdiqlanmagan loyiha taqdim etilgan. Loyihada burchak shtammlar to‘ldirilmagan. Bino esa 9 qavatga mo‘ljallab noto‘g‘ri loyihalangan va ushbu loyiha asosida qurilgan. Obyektning tanlangan konstruktiv yechimi 7 qavatgacha ko‘rsatilgan. Loyihada kolonnalarning joylashish koordinatalari ham xato. Orayopma plitalar ustiga vazni og‘ir bo‘lgan parda devorlar o‘rnatilgan. Zina devorlariga qo‘shib ulangan va zina ilinadigan temir beton (balka) qo‘yilmagan.

    Obyektning mualliflik nazorati to‘liq yurgizilmagan. Qurilish maydonida 3-4 qavatlar qurilgunga qadar bor yo‘g‘i ikki marotaba joyiga chiqib, yozuv qoldirilganligi qayd etilgan. Mualliflik nazorati jurnalida qayd etilgan kamchiliklar nazoratga olinmagan.

    O‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra tegishli loyiha tashkilotini litsenziyasini bekor qilish uchun Qurilish vazirligiga taqdimnoma kiritilgan, mas’ul shaxsga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

    Shu bilan birga, Marg‘ilon shahar hokimining 2017-yil 18-dekabrdagi 1018-sonli qaroriga asosan “Universal Oasis Trade” MChJga ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 29-oktabrda hududiy inpeksiyaga 23885941-sonli xabarnoma yuborgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ammo o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra obyektni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazish yuzasidan hamda tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

    Marg‘ilon shahar hokimining 2020-yil 3-dekabrdagi 535-sonli qaroriga asosan “Marg‘ilon ixtisoslashtirilgan ta’mir qurilish” MChJga 2 ta 9 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu ruxsatnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2021-yil 10-fevraldagi 27575205-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Ammo qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli 2021-yil 15-fevral kuni buyurtmachi, pudratchi va loyihachiga 4938-sonli bajarilishi majburiy yozma ko‘rsatma berilgan va bu holat hududiy inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

    Toshloq tumani hokimining 2020-yil 4-maydagi 555-sonli qaroriga asosan “Imkon Farg‘ona qurilish” MChJga 5 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va hududiy inspeksiyaga qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 29-iyundagi 20177292-sonli xabarnoma yuborilgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Obyektda o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra esa tashkilotning mas’ul shaxsiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

    Shu bilan birga, “Qahramonjon Buldings” MChJga 5 qavatli turar joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 9-sentabrdagi 22280804-sonli xabarnoma yuborgan.

    Foto: Qurilish vazirligi

    Foto: Qurilish vazirligi

    Obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlangan va tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

    Quva tumani hokimining 2020-yil 17-apreldagi 569-sonli qaroriga asosan “Al-avval al-oxir” MChJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 24-iyuldagi 21040660-sonli xabarnoma yuborgan.

    Obyekt o‘rganilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi.

    Qurilish maydonida zinalar noto‘g‘ri o‘rnatilgan va qalinligi loyiha asosida emas. Loyihada berilmagan 250 millimetr g‘isht devor terib qo‘yilgan. KMK 2.01.03-96 p.3.1.11a band bo‘yicha armaturalar tashlab ketilmagan. Qurilish maydonida kolonna uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan 16 AIII armatura o‘rniga 14AIII armatura qo‘llanilgan. Qurilish maydonida kolonna xomutlarida diametri 8 millimetrli armatura o‘rniga 6 millimetr diametrli armatura qo‘yib ketilgan. Qurilish maydonida setkalar xona balandligi bo‘yicha faqat 1 qatorda qo‘yilgan. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalar bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan.

    Qisqa muddatli tekshiruv natijasiga ko‘ra obyektni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazish yuzasidan hamda tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul shaxsga ko‘rsatma berilgan.

    Bundan avval Andijonda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan o‘nga yaqin holat aniqlangani, Qashqadaryoda qurilish talablarini buzgan bir qancha kompaniyalarga chora ko‘rilgani hamda Navoiyda bir qator ko‘p qavatli binolar noqonuniy qurilayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

    09.04.2021, 09:58   Izoh (0)   12153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 83 ming kishidan oshdi

    09.04.2021, 09:42

    Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i 900 dollar pora olayotganida ushlandi

    09.04.2021, 09:22

    “Hokimlik binosi oldiga qo‘y haydab kelganlarga chora ko‘rilmaydi” — Nurobod tuman IIB

    09.04.2021, 08:51

    “Toshkent—Shovot” poyezdida o‘z o‘rnini 100 ming so‘mga pullashga uringan vagon kuzatuvchisi ishdan olindi

    09.04.2021, 08:36

    Madormi yoki mator? Parkentning mashhur somsasi haqida maxsus reportaj

    09.04.2021, 08:03

    O‘zbekistondagi mahallalarda ayollar, bolalar va uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish boshlandi

    09.04.2021, 07:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.