O‘zbekiston va dunyoda 8-aprel kuni kamera obyektiviga muhrlangan qiziqarli suratlarni taqdim qilamiz.

Yunusobod tumani, “Yunusobod” metro bekatidan chiqish hududi yaqinidagi bolalar maydonchasida bolaligini qo‘msab arg‘imchoqda o‘tirgan otaxon.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tibbiyot xodimi Nyu-Dehlida yashovchi yigitdan koronavirus tahlili uchun namuna olmoqda. 

Foto: Reuters

Niderlandiyaning Arnxem hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan oq karkidon. Karkidonlarning homiladorlik davri 17-19 oy davom etadi. Tug‘ilgan bolasi 25 kilogramm atrofida bo‘ladi. Karkidonlarning barcha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Foto: Reuters

Rossiyalik harbiy xizmatchi Stavropol yaqinida G‘alaba kuni paradining mashg‘ulotidan oldin yo‘l chetidan yugurib ketmoqda.

Foto: Reuters

Londonda joylashgan Kenery Uarf ishbilarmonlik mavzesidagi ofis binosining oynavand shiftida avtomobil yo‘li va trotuar aks etmoqda.

Foto: Getty Images

Bavariyada qattiq sovuq oqibatida daraxt va o‘simliklar muz bilan qoplandi. Hukumatning avvaldan ogohlantirishi natijasida fermer xo‘jaliklari turli usullar bilan hosilni saqlab qolish uchun ehtiyot choralarini ko‘rdi.

Toshkent shahri, Amir Temur xiyoboniga ketish yo‘lida qo‘yilgan, haydovchilarni chuqur borligidan ogohlantiruvchi belgi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Niqob taqqan eronlik ayol Tehrondagi AQShning sobiq elchixonasi devoriga anti-amerika ruhida chizilgan surat yonidan o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Islandiyaning Reykyanes yarimorolida yangi yoriqlardan vulqon otilmoqda. Ushbu vulqon 20-mart kunidan beri faolligicha qolmoqda.

Foto: Reuters

“Yunusobod” metro bekatidan chiqayotgan erkak.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Grenlandiyadagi Siumut (“Olg‘a”) partiyasi a’zolari Nuk shahridagi saylovlardan so‘ng e’lon qilingan natijalarni nishonlamoqda.

Foto: Reuters

Tokiodagi markaziy chorrahalarining birida yo‘lni kesib o‘tayotgan odamlar. Tokio meriyasi Yaponiya hukumatidan shaharda COVID-19 kasalligi ko‘paygani sababli favqulodda cheklov choralarini ko‘rishga ruxsat so‘radi.

Foto: EPA

Shimoliy Irlandiyada Brexit va COVID-19 cheklovlari fonida tartibsizliklar qayta tiklandi.

Foto: “TASS”

Rossiyaning Omsk shahrida yog‘gan yomg‘ir tufayli yo‘lda ko‘lmak hosil bo‘lgani bois tramvay relsi orqali narigi tarafga o‘tayotgan odamlar.

Foto: “TASS”

Mavritaniyaning Brakna shahrida ona bolalari bilan sayr qilmoqda. Cho‘l iqlimi hukmron bo‘lgan bu mamlakatda toza suvdan foydalanish masalasi juda dolzarbdir.

Foto: Getty Images

Beton to‘siq ustida turgan, yomg‘irdan ivib ketgan qarg‘a. Rossiyaning boshqa shaharlari singari poytaxt Moskva shahrida ham yomg‘ir aralash qor yog‘di.

Foto: EPA

Kuba poytaxti Gavana shahrida COVID-19 kasalligi aniqlanganidan keyin odamlar tasmalar bilan chegaralangan hududdagi uylarining eshigi oldida turishibdi. Mamlakat hukumati kasallik ko‘payishini nazorat qilish uchun yangi choralar e’lon qildi.

Foto: AFP

Sochidagi Rosa Xutor tog‘-chang‘i kurorti hududida BoogelWoogel karnavali bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Keniyada fermerning o‘g‘li 12 yoshli Stiven Mudoga daladan chigirtkalar to‘dasini haydab chiqmoqda. Chigirtkalar Afrika shoxi nomli qishloqning fermer xo‘jaligi uchun misli ko‘rilmagan xavf tug‘diradi.

Foto: AP

Pokistonning Peshavor shahrida Ramazon oyidan avval yangi bosh kiyim sotib olayotgan erkak.

Foto: AP

Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida norozilik namoyishlari davom etayotgan paytda o‘g‘irlab, o‘t qo‘yib yuborilgan avtobus qarshisida turgan politsiya avtomobillari.

Foto: Reuters