• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindiston poytaxtida komendantlik soati joriy qilindi, AQShda koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlandi, asosiy vaksina ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari kimlar? Koronaxabarlar

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 131 million kishidan oshdi, shularning 2,85 millioni vafot etdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha esa, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 131,8 million kishidan oshgan, 2,86 milliondan ziyodi vafot etgan.

    Virusni yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh yetakchi bo‘lib qolmoqda, u yerda 30,7 million kishida virus aniqlangan. Braziliya ikkinchi (13 million), Hindiston uchinchi (12,6 million) o‘rinda bormoqda. Fransiya (4,8 million), Rossiya (4,5 million) va Buyuk Britaniya (4,3 million) tegishli ravishda to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlarni egalladi.

    Hindistonning Kalkutta shahrida ehtiyojmandlar katolik butxona oldida to‘planib, ovqat tarqatilishini kutmoqda

    Hindistonning Kalkutta shahrida ehtiyojmandlar katolik butxona oldida to‘planib, ovqat tarqatilishini kutmoqda
    Foto: EPA

    Dunyoda asosiy vaksina ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari kimlar?

    AQShning Dyuk universiteti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo mamlakatlari COVID-19’ga qarshi jami 8,6 milliard doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. Ular orasida eng ommabopi — AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bo‘lib, butun dunyoda 2,4 milliard dozada oldindan buyurtma qilingan. Ikkinchi o‘rinda — 1,5 milliard doza ko‘rsatkich bilan Pfizer vaksinasi. Ekspertlar hisob-kitoblari bo‘yicha, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bozorga 303 million, Xitoyning Sinovac vaksinasi esa 480 million dozada yetkazib beriladi.

    Bundan tashqari, jami vaksinalarning 4,6 milliard dozasi yoki 53 foizi yuqori daromadli mamlakatlar (Jahon banki klassifikatsiyasi bo‘yicha, YaIM aholi boshiga 12,5 ming dollardan ko‘p bo‘lgan mamlakatlar kiradi, masalan, AQSh, Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, Gonkong). Vaksina xaridlarining 17 foizi o‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar (YaIM aholi boshiga 4—12 ming dollar — Xitoy, Braziliya, Belarus), 16 foizi esa o‘rtachadan past daromadli mamlakatlarga (1—4 ming dollar — Indoneziya, Nepal va boshqalar) to‘g‘ri keladi. Qolgan ulushi esa COVAX mexanizmi orqali vaksina xaridlariga tegishlidir.

    2021-yilda jami 12 milliard doza vaksina ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Hozircha faqat 8,6 milliard doza uchun shartnomalar tuzilgan. Eng ko‘p vaksina Yevroittifoq (1,8 milliard doza), AQSh (1,2 milliard), Afrika ittifoqi (680 million doza), Buyuk Britaniya (457 million) va Braziliya (370 million) buyurtma qilgan.

    Mavzuga doir: “Boy davlatlar koronavirusga qarshi vaksinalarning 60 foizini sotib olgan” — Xitoy tashqi ishlar vaziri

    AQShda koronavirusning qo‘shmutatsiyali “hindcha” shtammi aniqlandi

    AQShda koronavirusning dastlab Hindistonda aniqlangan qo‘shaloq mutatsiyali yangi shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi. Bu haqda Stenford klinik virusologiya laboratoriyasi mutaxassislari ma’lum qildi. Yangi shtamm San-Fransisko ko‘rfazi hududida yashaydigan fuqaroda qayd etilgan. Koronavirusning “hindcha” shtammiga chalinishda gumon qilinayotgan yana yetti kishi tekshirilmoqda.

    Hindistonda koronavirusning ikki marta mutatsiyaga uchragan yangi shtammi aniqlangani haqida mart oxirida ma’lum bo‘lgan edi.

    Mavzuga doir: Hindistonda koronavirusning qo‘shmutatsiyali turi aniqlandi

    Hindiston poytaxtida komendantlik soati joriy qilindi

    Hindiston poytaxti Nyu-Delida koronavirus bilan kasallanish darajasining o‘sishiga qarshi kurashish uchun tungi komendantlik soati joriy qilindi. U har kuni 22:00 dan 5:00 gacha amal qiladi. Bu vaqt oralig‘ida restoranlar va pablar ishlamaydi, to‘ylar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi.

    Tungi vaqtda faqat yashash uchun muhim mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlar va dorixonalar ishlashi mumkin. Ikki kishidan ko‘p odamning guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlanadi.

    Hindistonda 4-aprel kuni COVID-19 yuqtirish bo‘yicha 103 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi. Ta’kidlanishicha, sutkalik yuqtirishning bu qadar yuqori ko‘rsatkichi 2020-yilning sentabridan beri birinchi marta kuzatilmoqda.

    Mavzuga doir: Janubiy Koreyada koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini kutilmoqda, Hindistonda va Xitoyda kasallanish rekord darajada o‘sdi

    Shuningdek:
    • Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 17-maydan keyin xalqaro sayohatlar tiklanishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, u COVID-19’ning mamlakat hududiga olib kirilishi bilan bog‘liq xavflarni ham eslatdi. Bundan tashqari, bosh vazir boshqa mamlakatlar xalqaro safarlar sohasida COVID-pasportlar joriy qilayotganini va Britaniya ham “buni hal qilishi” kerakligini aytdi.
    • Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvilida koronavirus aniqlandi. Mamlakat hukumati taqdim etgan xabarga ko‘ra, bosh vazir o‘zini yaxshi his qilmoqda va yakkalanish rejimida masofadan ishlamoqda.

    06.04.2021, 15:58   Izoh (0)   11690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi emlash sentabrda yakunlanishi rejalashtirilmoqda

    06.04.2021, 14:57

    AQSh Rossiyadan qurol sotib olgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi

    06.04.2021, 11:49

    AQSh Rossiyadan Ukraina chegarasidagi “provokatsiyalar”ga izoh berishini talab qildi

    06.04.2021, 11:17

    Iordaniyaning fitnada ayblanayotgan sobiq valiahd shahzodasi o‘z taqdirini qirolga ishonib topshirishini ma’lum qildi

    06.04.2021, 10:14

    Saudiya Arabistoni Ramazonda COVID-19’ga qarshi emlanganlarga ziyorat uchun ruxsat beradi

    06.04.2021, 09:11

    Gana janubidagi sohilga 60 dan ziyod o‘lik delfin chiqib qoldi

    06.04.2021, 06:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.