Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo bo‘ylab 2-aprel kuni olingan eng sara suratlarni taqdim qilamiz.

Toshkentdagi Do‘mbirobod masjidida juma namozini ado etib ketayotgan odamlar.

Foto: “Daryo”

Kaliforniyadagi sayyohlar Sugar Rush tematik parkidagi obaki shaklidagi ustunlar tagida suratga tushmoqda.

Foto: Reuters

Londonlik erkak tovuq kostyumidagi odamning yonidan o‘tmoqda. Angliya va boshqa Yevropaning xristian mamlakatlarida bu hafta Pasxa bayrami, 2-aprel kunida esa Iso payg‘ambarning xochdan olinib, dafn qilinishiga bag‘ishlangan Muqaddas juma kuni nishonlandi.

Tayvanda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 50 dan ortiq odam <a href=halok bo‘ldi, 150 dan ortiq odam jarohat oldi. Avariya tunneldan chiqaverishda yuz bergan. Qiyalikda noto‘g‘ri parkovka qilingan va tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi poyezd yo‘liga tushib ketishi oqibatida mazkur hodisa sodir bo‘lgan. Poyezd vagonlarining 4 tasi tunnel ichida qolib ketgan, bu esa odamlarni evakuatsiya qilishni yanada qiyinlashtirgan." data-action="zoom" class="border lazyload" />

Tayvanda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 150 dan ortiq odam jarohat oldi. Avariya tunneldan chiqaverishda yuz bergan. Qiyalikda noto‘g‘ri parkovka qilingan va tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi poyezd yo‘liga tushib ketishi oqibatida mazkur hodisa sodir bo‘lgan. Poyezd vagonlarining 4 tasi tunnel ichida qolib ketgan, bu esa odamlarni evakuatsiya qilishni yanada qiyinlashtirgan.
Foto: AFP

Pekindagi cherkov oldida to‘y fotosessiyasi uchun suratga tushayotgan kelin-kuyov.

Angliyaning Morton Morrell kollejida yangi tug‘ilgan qo‘zilar. Qo‘zilarning katta vakillari adashib ketmaslik uchun rangli bo‘yoq bilan raqamlangan.

Foto: PA

Fransuz Karib orolidagi uy tomida yurgan yashil iguana. Yashil iguanalar — bu Martinikaning Kichik Antil iguanalariga tahdid soladigan invaziv (xavfli) tur.

Foto: Getty Images

Polshadagi hayvonot bog‘ida Fransiyadan keltirilgan Xari laqabli qizil pandaga Layya laqabli dugona olib kelindi.

Foto: EPA

Kalkuttadagi katolik cherkovi oldida ovqat tarqatilishini kutib o‘tirgan muhtojlar.

G‘arbiy Sohilda Isroil postlarini o‘rnatishga qarshi namoyish paytida ko‘zdan yosh oqizuvchi gazning tutuni ichra mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib turgan falastinlik namoyishchiga qurol o‘qtalib turgan harbiylar.

Janubiy Afrikada karkidon shoxida bemalol uxlab yotgan chug‘urchuq. Ushbu qush karkidon va boshqa yirik hayvonlar bilan simbiozda (birgalikda) yashaydi. Ular ushbu hayvonlarning terisini hasharotlardan tozalaydi va xavf haqida ogohlantiradi.

Foto: Solent News

1-apreldan 20-aprelgacha Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Qo‘yliq ota maqbarasidan Bektemir shohko‘chasiga chiquvchi ko‘prikning bir qismi harakatlanish uchun yopilgan. Ko‘prikka chiqishga urinayotgan avtomobillar tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda.

Tayvanda qutqaruvchilar tunnel ichida qolib ketgan vagonlardagi yo‘lovchilarning pastga tushishiga yordam bermoqda.

Tayvanda qutqaruvchilar tunnel ichida qolib ketgan vagonlardagi yo‘lovchilarning pastga tushishiga yordam bermoqda.
Foto: Reuters

Tokio ko‘chalarining devoridagi ko‘zgularda aks etayotgan odamlar.

Foto: AP Photo

Boliviyada harbiylar koka o‘simliklarini yo‘q qilish uchun machetedan foydalanmoqda. Hukumat 9000 gektar koka ekinlarini yo‘q qilishni maqsad qilgan. Coca-Cola kompaniyasi o‘z ichimliklarida koka bargi ekstraktidan 1885-yildan 1903-yilgacha foydalangan.

Janubiy Afrikadagi uShaka Marine World tematik parkiga tashrif buyurganlar akvariumdagi meduzalarni tomosha qilmoqda.

Foto: Shutterstock

Avstraliyaning Lennoks-Hed shahrida daraxtga osilgan suv arg‘imchog‘ida uchayotgan erkak. Yangi Janubiy Uels shtati hukumati Bayron, Ballina, Tvid va Lismorda koronavirus kasalligiga chalinish holatlari ko‘paygani bois cheklovlarni qayta tikladi.

Tokiodagi Interpets ko‘rgazmasida mehmon o‘z itlariga imo-ishora qilmoqda. Interpets Yaponiyada uy hayvonlari bilan bog‘liq mahsulotlar va xizmatlarning yetakchi yarmarkasi hisoblanadi.

Londonda COVID-19 qurbonlari oilalari tomonidan tashkil etilgan yodgorlik yonida turgan bolalar.

Oltoydagi Biya daryosi ustini qoplagan muz portlatib yuborildi. Biya va Katun daryolarining yuqori qismida qor zaxirasi 2021-yil 200 foizga yetadi, bu esa aholi punktlarida suv toshqinlarini yuzaga keltirishi mumkin.

Foto: “TASS”

Izmirda arxeolog Rim davriga tegishli monastirning 1500 yillik mozaikasini ko‘zdan kechirmoqda.

Izmirda arxeolog Rim davriga tegishli monastirning 1500 yillik mozaikasini ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: Getty Images

Hindiston bosh vazirining tashrifiga qarshi chiqqan namoyishchilarni tarqatish chog‘ida bir necha kishi halok bo‘ldi. Shu sababli Bangladesh musulmonlari juma namozidan keyin ommaviy ravishda norozilik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi “Do‘stlik” bog‘i yaqinida ikki tup chinor noqonuniy ravishda kesildi
Mahalliy
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Serbiya prezidenti Vuchichni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda