• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShni gegemonga aylantirgan urush. Qo‘shma Shtatlarning Birinchi jahon urushiga kirishi tarixidan

    Qo‘shma Shtatlar Birinchi jahon urushi boshlanganidan deyarli uch yil o‘tib, 1917-yil 6-aprelda Germaniyaga urush e’lon qildi. Urushga kirishdan oldin AQSH Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa ittifoqchilar uchun asosiy ta’minotchi vazifasini bajargan bo‘lsa-da, mohiyatan betaraf edi. Xo‘sh, urushga qatnashish AQSHga nega kerak bo‘lib qoldi? “Daryo” bugun shu haqda hikoya qiladi.

    Amerikaning urushga kirishi

    Betaraflik maqomidan chekingan Amerika qo‘shinlari 1917-yil oktabrdan G‘arbiy frontda va 1918-yil iyuldan Italiya frontida jang olib bordilar. Urush paytida 4 milliondan ortiq erkak armiyaga chaqirildi. Birinchi jahon urushida Qo‘shma Shtatlar 117 465 fuqarosini yo‘qotdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos
    Luzitaniya kemasining halokati

    Urushning avvalida Qo‘shma Shtatlar hukmron doiralarining maqsadi tomonlar bilan munosabatda muvozanatni ushlab turish edi. Prezident Vilson urushning mamlakat taqdiri uchun yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya oqibatlaridan xavotirlanib, dastlab urushayotgan tomonlar o‘rtasida vositachi sifatida harakat qildi. Ammo uning tinchlikparvarlik harakatlari muvaffaqiyatsiz tugadi, sababi urushayotgan tomonlarning har ikkalasi jangda g‘alaba qozonish umidini yo‘qotmagan edi. Bu orada Qo‘shma Shtatlar dengizdagi neytral davlatlarning huquqlari bilan bog‘liq nizoga tobora ko‘proq aralashib qoldi – Buyuk Britaniya okeanlardagi vaziyatni qattiq nazoratga olib, neytral mamlakatlarga savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish imkonini berdi, Germaniya portlarini esa to‘sib qo‘ydi. Germaniya yangi harbiy qurol – suvosti kemalari yordamida blokadani buzishga urinishni boshladi.

    1915-yilda nemis suvosti kemasi Britaniyaning “Luzitaniya” yo‘lovchi kemasini cho‘ktirib yubordi va buning natijasida 100dan ortiq Amerika fuqarolari halok bo‘ldi. Vilson Germaniyaning neytral mamlakatlar kemalariga asossiz suvosti hujumlari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlariga zid ekanligini va ularni darhol to‘xtatish kerakligini ta’kidladi. Germaniya Vilsonning keskin choralar qo‘llash haqidagi tahdidlaridan keyingina 1917-yil boshida bu kabi suvosti urushlarini tugatishga rozi bo‘ldi. Biroq shu yilning fevral va mart oylarida yana bir nechta Amerika kemalari cho‘kib ketdi. Bu omil va Zimmerman depeshasi Vilsonni Kongressga urushga kirishga rozilik berish uchun murojaat kiritishga majbur qildi. Natijada 1917-yil 6-aprelda Kongress Germaniyaga rasman urush e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos
    AQSh Kongressida urushga kirish haqida qaror qabul qilinmoqda

    Urushning borishi

    Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilarga iqtisodiy va dengiz yordami ko‘lamini kengaytirdi va G‘arbiy frontda jangovar harakatlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikni boshladi. 1917-yil 18-mayda qabul qilingan cheklangan harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra 21 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan 1 million erkak armiyaga chaqirildi.

    Ilk amerikalik harbiylar 1917-yil iyun oyida Fransiyaga yetib kelgan bo‘lsa, oktabr oyiga kelib birinchi bo‘linma frontga qo‘shildi.

    1918-yil mart oyining oxiridan ittifoqchilar Germaniyaning kuchli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldilar. Bahorda Amerika qo‘shinlari fransuzlarga Parijga yaqinlashgan nemis qo‘shinlarini to‘xtatishda yordam berdi. Yozda Amerika armiyasi Marna jangida qatnashdi. Sentabr oyida 1-Amerika armiyasi Sen-Miyel guruhiga qarshi birinchi mustaqil operatsiyani o‘tkazdi. Keyinchalik birinchi va ikkinchi Amerika qo‘shinlari Myoz-Argon hujumida qatnashdilar. Shuningdek, bitta Amerika bo‘limi Italiya frontidagi Pyave va Vittorio-Veneto janglarida qatnashgan.

    Umumiy hisobda 9 ta korpus va 2 ta armiyadan iborat 31 ta Amerika diviziyasi jangovar harakatlarda qatnashdi.

    Vilson iqtisodiyotni davlat tomonidan nazorat qilishning misli ko‘rilmagan choralarini ko‘rdi. 1918-yil 21-martda qabul qilingan “Federal nazorat to‘g‘risida”gi qonunga binoan mamlakatning barcha temiryo‘llari Uilyam Makada nazorati ostiga o‘tdi.

    Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va keraksiz takroriy ishlab chiqarishlarning oldini olish maqsadida harbiy sanoat korxonalari ustidan kengaytirilgan nazorat o‘rnatildi. 1917-yil avgustda “Oziq-ovqat va yoqilg‘ini nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va uning ijrosi Federal oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish agentligining rahbari Gerbert Guverga yuklatildi. Yoqilg‘i nazorati bo‘limi boshlig‘i Garri Garfild yonilg‘i resurslarini ishlab chiqarish va taqsimlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rdi. Yuqoridagi chora-tadbirlar harbiy muammolarni hal qilishdan tashqari aholining kambag‘al qatlamiga, xususan, dehqonlar va sanoat ishchilariga katta foyda keltirdi.

    Harbiy sanoatga yo‘naltirilgan xarajatlardan tashqari Qo‘shma Shtatlar ittifoqchilarga shunday katta miqdordagi qarzlar berdiki, 1916-yil dekabrdan 1919 yilgacha bo‘lgan davrdagi umumiy qarz miqdori foizlar bilan hisoblaganda 24 262 million dollarni tashkil etdi.

    Foto: Google Photos

    1918-yil yanvarda Vilson o‘zining AQSHning urushga kirish maqsadlarini to‘liq ifodalagan “14 punkt” ini Kongressga taqdim etdi. Deklaratsiyada xalqaro barqarorlikni tiklash dasturi ishlab chiqilgan va Millatlar Ligasini yaratish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Ushbu dastur Antanta davlatlari tomonidan ilgari tasdiqlangan va bir qator maxfiy shartnomalarga kiritilgan harbiy maqsadlarga deyarli zid edi. 1918-yil oktyabr oyida Markaziy Yevropa mamlakatlari Vilsonga tinchlik bitimlarini imzolash to‘g‘risida taklif kiritdilar. Germaniya Vilson dasturida belgilangan shartlar bo‘yicha sulh tuzishga rozi bo‘lganidan so‘ng prezident ittifoqchilarning roziligini olish uchun Yevropaga polkovnik E.M. Xausni yubordi. Xaus o‘z vazifasini uddalashga muvaffaq bo‘ldi va 1918-yil 11-noyabrda Germaniya sulh shartnomasini imzoladi. Shartnomaga ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha o‘rnatilgan dastlabki kelishuvlarga qaramay Yevropa va Amerikaning siyosiy pozitsiyasidagi farqlar urushdan keyingi muzokaralar jarayonida jiddiy qarama-qarshiliklar paydo bo‘lishini ko‘rsatardi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    07.04.2021, 15:56   Izoh (0)   22085
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Forbes jurnali eng boy odamlarning an’anaviy reytingini e’lon qildi. Ilon Mask unda 29 pog‘ona yuqoriladi

    07.04.2021, 13:34

    Zoom MDH mamlakatlari davlat sektoriga o‘z videoaloqasidan foydalanishni cheklagani haqida xabar berildi

    07.04.2021, 11:00

    AQSh harbiy havo kuchlarining gipertovushli raketasi sinovdan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

    07.04.2021, 09:26

    JSST ham AstraZeneca vaksinasi bilan emlash va tromb holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi

    07.04.2021, 09:10

    Islandiyada vulqon yoriqlari paydo bo‘ldi (foto va video)

    07.04.2021, 08:08

    Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitanga aylandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalini uning kemasi to‘sib qo‘ygani haqida mish-mishlar tar...

    07.04.2021, 07:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uy sharoitida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 5 samarali usul

    Layfstayl | 21 may, 09:52

    O‘zbekistonliklarga AQSH vizasi talablari yengillashtirilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 21 may, 09:39

    “Real” va Niko Uilyams haqidagi xabarlarga aniqlik kiritildi

    Sport | 21 may, 09:15

    IIB xodimini pichoqlagan shaxsni ushlashda yordam bergan fuqaroga 10 mln so‘m berildi

    O‘zbekiston | 21 may, 09:12

    “Ukrainadagi urushda Markaziy Osiyodan 20 ming kishi qatnashmoqda” — Bastrikin

    Dunyo | 21 may, 08:51

    APL. “Manchester Siti” “Bornmut”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga yaqinlashdi (video

    Sport | 21 may, 08:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.