• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitanga aylandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalini uning kemasi to‘sib qo‘ygani haqida mish-mishlar tarqaldi

    Misrlik 29 yoshli Marva Elselexdar Misrdagi birinchi ayol kapitan bo‘ldi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Suvaysh kanalining to‘sib qo‘yilishida aynan u aybdor ekani haqida mish-mishlar tarqaldi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Marva bolaligidan dengizni yaxshi ko‘radi. Akasi singari u ham Iskandariyadagi Arab Fan, texnologiya va dengiz transporti akademiyasiga (AASTMT) o‘qishga kirdi. Marva xalqaro transport va logistika fakultetida tahsil olishni boshlagan. Biroz vaqt o‘tgach, u akasi o‘qigan Dengiz transporti va texnologiyasi fakultetiga ko‘proq qiziqishini angladi. Ammo fakultetga faqat erkaklar qabul qilinardi.

    Marva baribir ushbu fakultetga o‘tish uchun ariza topshirdi. Uning arizasini ko‘rib chiqishdan oldin akademiya rahbari Misr qonunchiligi ayollarga kapitan litsenziyasini berishga ruxsat beradimi yoki yo‘qligini tekshirishni buyurdi. Qonunchilikda ruxsat berilishi aniqlandi.

    Marva fakultet imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi va u yerdagi 1200 nafar erkak talaba orasida yagona va birinchi ayol bo‘ldi. 2013-yilda o‘qishni tamomlagach, Marva Misr dengiz xavfsizligi ma’muriyatiga tegishli “Aida IV” kemasining ikkinchi yordamchi kapitani bo‘lib ish boshladi. Kema Qizil dengizdagi mayoqqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi, shuningdek, undan AASTMT talabalarining o‘quv mashg‘ulotlarida foydalaniladi.

    2015-yilda “Aida IV” kengaytirilgan Suvaysh kanalidan birinchi marta suzib o‘tganida, Marva qo‘mondonlik shtabi a’zosi sifatida kema boshqaruvida ishtirok etgan. U ushbu kanaldagi arab mamlakatlarining eng yosh va birinchi ayol kapitani bo‘ldi.

    “Jamiyatimiz haligacha qizlarning dengizda ishlashi haqidagi fikrlarni qabul qilmaydi”

    2021-yil 23-martda Ever Given konteyner tashuvchi kemasi Suvaysh kanaliga tiqilib, kemalar harakatini  to‘sib qo‘yganidan so‘ng internetda kemani aynan Marva boshqargani haqida mish-mishlar tarqaldi. Aslida esa Marva kapitanning birinchi yordamchisi sifatida haliyam “Aida IV”da xizmat qilmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Arab News nashrining Marva haqida yozgan maqolasi skrinshoti tarqala boshladi. Maqola haqiqiy edi, ammo sarlavhasi Misrning birinchi ayol kapitani Suvaysh kanalining bloklanishiga aloqador, deya o‘zgartirib qo‘yilgan edi. Xuddi shunday ma’lumotlar Twitter’da Marva nomidan ochilgan uchta soxta akkauntlar orqali tarqatilib, bir necha soat ichida 20 ming obunachini to‘pladi. Marva o‘z Instagram sahifasi va ommaviy axborot vositalarida mazkur ma’lumotlarni rad qildi.

    Marva BBC News’ga kim va nima maqsadda u haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganini bilmasligini aytdi. “Bu sohada muvaffaqiyatga erishgan ayol bo‘lganim yoki misrlik bo‘lganim sababli menga ‘hujum’ uyushtirilgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman. Ammo aniq bilmayman”, —  dedi u.

    Ilgari Marva dengiz sanoatida ishlayotganlarning atigi 2 foizini ayollar tashkil etishini va u o‘qish paytida ham, ish paytida ham gender tengsizligiga duch kelganini aytgan. Masalan, u potensial ish beruvchilardan rad javobini olgan, chunki ularning aksariyati ayollarni bortga olib chiqishni xohlamagan.

    “Bizning jamiyatimiz haligacha qizlarning o‘z oilasidan olis dengizda uzoq vaqt davomida ishlashi haqidagi fikrlarni qabul qilmaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Marva BBC News’ga.

    Marva avvaliga kemasi Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygani haqidagi mish-mishlar uning obro‘siga putur yetkazishi va karyerasini buzishi mumkinligidan qo‘rqqan. Ammo salbiy izohlar bilan birga u ko‘plab ijobiy fikrlarni oldi va e’tiborini aynan ularga qaratishga qaror qildi. “Shuni ta’kidlash joizki, men avvalgidan ham mashhur bo‘lib oldim”, — dedi Marva. May oyida u to‘la-to‘kis kapitan unvonini olish uchun so‘nggi imtihonini topshiradi.

    Avvalroq Suvaysh kanalining to‘silib qolishi oqibatida yetgan zarar 1 milliard dollarga baholangani haqida xabar berilgandi. Kanal ma’muriyati bo‘lib o‘tgan hodisada Ever Given kemasi kapitanini aybdor deb topdi. Kemaning egasi esa ishni sudga oshirmaslik uchun zararni qoplab bermoqchiligini ma’lum qildi.

    07.04.2021, 07:38   Izoh (0)   24359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SpaceX rahbari Ilon Mask Rossiyaga to‘liq ko‘p martalik raketa yaratishni maslahat berdi

    06.04.2021, 23:46

    OAV: Eronlik muxolifatchi Venada Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosariga hujum qilishga urindi

    06.04.2021, 22:21

    Gruziya bosh vazirining koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi

    06.04.2021, 20:57

    Yevropa dori-darmon agentligi AstraZeneca vaksinasi qonda tromb keltirib chiqarishini tasdiqladi

    06.04.2021, 20:22

    Qozog‘iston prezidenti koronavirusga qarshi mamlakatda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi

    06.04.2021, 17:36

    Putin Rossiya vaksinasi bilan emlanganidan keyin COVID-19’ga chalingan Argentina prezidentiga sog‘liq tiladi

    06.04.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” Mbeumoni xarid qilish uchun katta summa taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 13:10

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:05

    Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 12:58

    Zelenskiy Putinning uchrashish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 20 iyun, 12:53

    Pavel Durov vasiyatnoma yozdi

    Dunyo | 20 iyun, 12:34

    Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 92 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 12:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.