UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida o‘tadigan 7-aprel, chorshanba kungi o‘yinlar uchun hakamlar tayinladi.
“Bavariya” va PSJ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Antonio Mateu Laos boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Unga qanotlarda Pau Devis va Roberto del Palomar yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Xavyer Estrada Fernandes.
Mazkur bahsda VAR tizimiga Alexandro Ernandes va Rikardo de Burgos javob beradi.
“Portu” — “Chelsi” uchrashuvi esa sloveniyalik Slavko Vinchichga ishonib topshirilgan. Unga vatandoshlari Tomash Klanchnik va Andratch Kovachich yordam beradi. To‘rtinchi hakam — Matey Yug.
Videotakrorlarda polshalik Pavel Gil va Tomash Kviatkovski ishlaydi.
Har ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan 7-apreldan 8-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Mavzuga doir: “Real” — “Liverpul”, “Manchester Siti” — “Borussiya D” uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)