“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2020/21-yilgi mavsumning tig‘iz taqvimi haqida gapirdi.
O‘yinchilar — odam, mashina emas. Bilaman, ayrim futbolchilar har bir o‘yinda ishtirok eta olmasa xafa bo‘ladi, biroq bu ish ilojsiz. Albatta, ular o‘ynay oladi, ammo istalgan insonga hordiq kerak.“Manchester Siti” 31 o‘yindan keyin 74 ochko to‘plagan holda APL musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. “Shaharliklar” keyingi o‘yinni 6-aprel kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Borussiya D”ga qarshi o‘tkazadi.UEFA va FIFA futbolchilarni o‘ldirmoqda, chunki taqvim tig‘iz. Mavsum boshlanganidan beri bizda birorta ham bo‘sh hafta bo‘lmadi. Birorta ham! Hech qaysi futbolchi buni ko‘tara olmaydi, na ruhan, na jismonan. Bu ilojsiz.
Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)