PSJ hujumchisi Neymar “Barselona”ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra braziliyalik futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to‘xtatgan, boisi u Lionel Messi Kataloniya klubida qoladi degan fikrda.
Shuningdek, Neymarning “Barselona”ga jamoaga qaytish istagida ekanligi haqida xabar bergani aytilmoqda.
Qayd etish joiz, hujumchi 2013—2017-yillarda “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surib, 186 uchrashuvda 105 ta gol urgan.
29 yoshli Neymar 2020/21-yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 13 uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan.
Mavzuga doir: