Organizmda muhim rol o‘ynaydigan, ammo juda ham nozik bo‘lgan qalqonsimon bez faoliyatida muammolar kuzatilishiga iste’mol mahsulotlari ham sabab bo‘lishi mumkin.
Dengiz karami yoki boshqa suv o‘tlari
Yodga boy bo‘lgani bilan suv o‘tlari hamisha ham foydali bo‘lavermaydi. Ayrim kasalliklarda endokrinologlar bemorlarga yodning koni bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni taqiqlaydi. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan taqdirda ham, ehtiyot bo‘lish kerak. Tarkibida yod miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish organizmda balans buzilishiga olib keladi.
Oddiy karam
Foydali va mazali hisoblangan karam, brokkoli va gulkaram ham yod balansining buzilishiga ta’sir qilishi mumkin.
Soya
Qalqonsimon bezdagi muammolarni bartaraf qilish uchun gormon qabul qilayotgan bemorlarga soya va tarkibida soya bo‘lgan mahsulotlardan tiyilish tavsiya qilinadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bunday mahsulotlar iste’mol qilinganidan keyingi birinchi soatda gormonning singishi bilan muammo kuzatiladi.
Glyuten
Bir qancha tadqiqotlarda seliakiy va qalqonsimon bez kasalliklaridan ayrimlari, masalan, Xashimoto o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan bo‘lib, glyutensiz parhez tutgan ishtirokchilarda ijobiy o‘zgarish qayd qilingan. Shifokorlar glyutenli mahsulotlardan butkul voz kechishni emas, tiyilish va organizm reaksiyasiga bee’tibor bo‘lmaslikni tavsiya qiladi.
Ba’zi baliq turlari
Kimyoviy tarkibi yodga o‘xshash simob mavjud bo‘lgani sabab ham tunets va skumbriya singari baliqlarni iste’mol qilmagan yaxshi. Simob miqdorining ko‘pligi nafaqat qalqonsimon bez gormonlarining ishlab chiqarilishini qiyinlashtiradi, balki autoimmun kasalliklar, masalan, Xashimotoning rivojlanish xavfini oshiradi.
Shakar
Qalqonsimon bezida muammo bo‘lgan bemorlar shirinliklardan tiyilgani yaxshi. Gap shundaki, qalqonsimon bezning ishdan chiqishi qandli diabetning kelib chiqish xavfini oshiradi.
Izoh (0)