Daryo

Qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar

Tanamizdagi deyarli barcha tizimlarning holati qalqonsimon bezning normal ishlashiga bog‘liq

2 daqiqa o‘qish47 341 ko‘rishlar0 izoh0

Tanamizdagi deyarli barcha tizimlarning holati qalqonsimon bezning normal ishlashiga bog‘liq. Ko‘p miqdorda iste’mol qilingan shakar, uglevod, alkogol, transyog‘lar bilan to‘yingan tartibsiz ratsion qalqonsimon bez faoliyatining buzishiga, gipo/gipertireoz va boshqa kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bez faoliyatiga yordam beruvchi mahsulotlar bilan tanishing.

Selenga boy mahsulotlar

Foto: Legion Media
Selen — qalqonsimon bez gormonlarining konversiyasiga yordam beradigan va shu bilan metabolizmni ta’minlaydigan kimyoviy moddadir. Ratsionda selen qancha ko‘p bo‘lsa, qalqonsimon bez shuncha faol ishlaydi, natijada metabolizm yaxshilanadi. Braziliya yong‘og‘i, paltus balig‘i, sardiniya, kurka, tovuq tuxumi va ismaloq kabi mahsulotlar selenga boy hisoblanadi.

Mavzuga doir: Organizm uchun selen moddasi qay darajada muhim?

Yod
Foto: Legion Media

Ma’lumki, yod tanqisligi aniqlangan hududlarda qalqonsimon bez kasalliklari keng tarqalgan bo‘ladi, chunki yodsiz bu organ oddiy gormonlarni ishlab chiqara olmaydi. Ammo bu moddaning yana bir xavfli tomoni ham bor: organizmda mazkur elementning ko‘pligi yod yetishmasligi singari xavfli. Qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi qo‘yilgan odamlar, ayniqsa, yod miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar iste’molida ehtiyot bo‘lishlari lozim.

Yong‘oq, dengiz mahsulotlari, dengiz o‘tlari va baliq mahsulotlari yod manbai hisoblanadi. Tanadagi yod muvozanatini saqlashning eng oson usuli — oddiy tuz o‘rniga yodlangan tuzdan foydalanishdir.

Mavzuga doir: Qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi 8 ta xavf

D vitamini
Foto: Legion Media
Qalqonsimon bez kasalliklari bilan og‘rigan kishilarda ushbu vitamin miqdori past bo‘ladi. Va bu ajablanarli emas, chunki D vitamini qalqonsimon bezning holati va normal ishlashiga javobgardir. “Quyosh vitamini” yetishmasligining oldini olish uchun tovuq tuxumi, sut mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish kerak.

Mavzuga doir: Britaniyalik shifokorlar D vitamini yetishmovchiligining xavfli belgisi haqida ma’lumot berdi

Sink
Foto: Legion Media
Sink, ayniqsa, qalqonsimon bez zaiflashgan va ishlab chiqaradigan gormonlari darajasi me’yordan past bo‘lgan gipotireoz kasaliga chalinganlarga juda kerak. Bunday bemorlarga ko‘proq mol go‘shti, dukkakli ekinlar, qo‘ziqorin, sarimsoq, turli xildagi yormalar va oshqovoq urug‘ini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir: Qovoq urug‘ining salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar