• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekinlar va tuproq uchun nima xavfli?

    O‘zbekistonda yetishtirilgan mazali va foydali meva va sabzavotlar — bu xalqaro brend. Biroq yuqori hosildorlik ilinjida tuproqqa o‘g‘itlar bilan ortiqcha yuklama berilayotganiga, buning natijasida yer yaroqsizlanib, kuchsizlanib borayotganiga har doim ham e’tibor qaratilavermaydi.

    Masalan, daraxtlar turli zaharli kimyoviy vositalar va pestitsidlar yordamida zararkunandalardan xalos qilinadi. Afsuski, bu moddalar avval tuproqda, so‘ng inson tanasida to‘planib, turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin, bo‘lmoqda ham.

    O‘zbekistondagi intensiv bog‘ egalaridan biri Alisher Qosimovning fikricha, vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan zaharli moddalar miqdori va sifatini nazorat qilishdir.

    “Har qanday fermer yo bog‘bon o‘simlik va daraxtlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun minerallar va ozuqa moddalari zarurligini biladi, ammo ular qanchalik xavfsiz? Organik moddalar va mineral o‘g‘itlar o‘rtasidagi farq foyda yoki zararda emas, balki o‘simliklarning o‘sish sur’atida.

    Organik moddalar asta-sekin so‘riladi, chunki o‘simlik ulardan zarur moddalarni olishidan oldin ular parchalanishi kerak. Bu haftalab, hatto oylab vaqt talab qiladi. Mineral o‘g‘itlar esa tuproqqa tayyor holda kirib boradi, bu sizga mo‘l hosil olish imkonini beradi, shuningdek, daraxtning o‘sish va rivojlanish tezligiga ta’sir qiladi.

    Ammo ko‘plab sabzavot yetishtiruvchilar va fermerlar keragidan ortiq o‘g‘it ishlatadi. Bu esa ekinning nafaqat ildizi va poyasi, balki uning iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan qismi ham minerallar bilan to‘yinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, katta va qip-qizil, ammo bemaza tarvuzni tasavvur qiling.

    Sun’iy o‘g‘itlardan noto‘g‘ri foydalanish yerosti suvlari va atmosferaning ifloslanishiga, eroziyaga, tuproqdagi gumus miqdorining pasayishiga va yana boshqa ko‘plab muammolarga olib kelishi mumkin”, — deydi Alisher Qosimov.

    Eng qizig‘i, tuproqni nafaqat o‘g‘itlar, balki ayrim qishloq xo‘jaligi o‘simliklari ham ishdan chiqarishi mumkin. Misol uchun, ekologlarning so‘zlariga ko‘ra, tamaki ekilgan yerning unumdorligi tez yo‘qoladi, u hosil berishga qodir bo‘lmay qoladi, yerni tiklashga juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilishi mumkin.

    Ilgari tamaki serdaromad ekinlardan biri hisoblangan bo‘lsa-da, so‘nggi 30 yilda tamaki maydonlari 20 barobar qisqardi. O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan (va 1,3 ming gektar maydonda ekilayotgan) “Virjiniya” navi unib ketolmadi — uning hosildorligi genetik imkoniyatlaridan bir necha barobar past, nikotin va qatron tarkibi hanuz barqaror emas. Tamakining asosiy qismi, avvalgidek, Urgutda ekilmoqda.

    Fermerlar tamakidan 150 foizgacha foyda ko‘radi, vaholanki, pomidor, bodring yoki sabzi kabi ekinlarni yetishtirishdan 200—300 foizgacha foyda olish mumkin. Chili qizil qalampiri haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi — agar uni eksport uchun yetishtirsa, fermer har gektardan 30 ming dollargacha foyda olishi mumkin.

    Qishloq xo‘jaligi sohasi ekspertlari fermerlarga tamaki o‘rniga pomidor, bodring, kartoshka, chili qalampiri kabi ekinlarni ekishni taklif qilmoqda. Bunda, bir tarafdan, ekologiyaga foyda, boshqa tomondan fermerga foyda. Tamakidan avvalgidek daromad olib bo‘lmay qolganini urgutlik dehqonlar ham tasdiqlamoqda.

    69 yoshli Jahongir Pardayevning aytishicha: “O‘sha yillari bir mavsumda 7 tonnagacha mahsulot yetishtira olardik. Hozir tanishlarim orasida hech kim tamaki yetishtirmayapti. O‘sha paytlari bu mo‘maygina pul keltiradigan ish edi va bir mavsumda mashina sotib olish mumkin edi”.

    “Tamaki kolxoz va umuman hammaga daromad keltiruvchi asosiy mahsulot edi. Bu foydadan odamlar to‘ylar qilishar, uy uchun qurilish materiallari olishardi”, — deya uning so‘zlarini tasdiqladi Urgutning “Xo‘jabuloq” mahallasida yashovchi Musulmon Yo‘ldoshev.

    Daromadi yaxshi-ku, biroq tamaki kaliyni ancha ko‘p “ichadi”, boshqa agrokimyoviy moddalarni ham faol “iste’mol qiladi”. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tamakining uni yetishtirish ustida mehnat qilayotganlar sog‘lig‘i uchun qator salbiy ta’sirlari bor, biroq fermerlar, ular bilan birga mehnat qiladigan oila a’zolari, ishchilari bu haqda deyarli o‘ylamaydi.

    Tamaki bo‘ladimi, boshqa ekinmi, qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarning o‘ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor, bunda mutanosiblikni saqlash, atrof-muhitga, aholi salomatligiga zarar yetkazmaslik muhim. Shu bilan birga daromadni saqlab qolish kerak — bu oson ish emas. Ammo gap aholi farovonligi haqida borarkan, murosa haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

    05.04.2021, 08:01   Izoh (0)   4294
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi 13 ta tuman innovatsion hududga aylantiriladi

    05.04.2021, 07:49

    Namanganda bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etdi. Hodisa ro‘y berganidan ikki oy o‘tib jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    05.04.2021, 07:18

    Jizzaxda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs jinoyati 20 yil o‘tib fosh bo‘ldi

    04.04.2021, 23:25

    Toshkentda 30 ming dollar evaziga prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

    04.04.2021, 22:55

    O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berildi

    04.04.2021, 21:54

    Farg‘onada niqob taqmagan yigitning o‘ligi IIBdan chiqqani haqida mish-mish tarqaldi. Aslida u akasini ko‘rgani ketayotganida vafot etgan bo‘lib chiqdi

    04.04.2021, 21:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.