• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bugun O‘zbekistonda Geologlar kuni nishonlanmoqda

    O‘zbekistonda aprel oyining birinchi yakshanbasi Geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu haqdagi tegishli qonun 2018-yil dekabr oyida qabul qilingan.

    Har bir davlatning taraqqiyot darajasi ko‘p jihatdan uning zaminidagi qazilma boyliklarga bog‘liq. Bu boyliklarni izlab topish va iqtisodiyot tarmoqlariga foydalanishga topshirish vazifasi esa geologlar zimmasiga tushadi.

    Foto: “NGMK.uz”

    Ushbu sharafli vazifani bajarish uchun soha mutaxassis-geologlari foydali qazilmalar konlarini zamonaviy uslublar, texnika va texnologiyalarni qo‘llagan holda izlab topish, baholash, ularning zaxiralarini xisob-kitob qilib davlat balansiga kiritish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, dunyo geologiya fani va amaliyotining yutuqlaridan xar tomonlama xabardor bo‘lishlari zarur. Bu borada mutaxassis-geologlarning malakasini muntazam oshirib borish muhim axamiyatga ega.

    Xuddi shu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2015-yili Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etilgan. Hozirgi kunda institutda 37 yo‘nalish bo‘yicha geologlar va muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish kurslari, 18 ta mutaxassislik bo‘yicha geologiya sohasi uchun zarur bo‘lgan ishchi kadrlarni qayta tayyorlash kurslari faoliyat ko‘rsatayapti.

    Foto: “NGMK.uz”

    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatning mineral xomashyo bazasini har tomonlama mustahkamlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Agar so‘nggi to‘rt-besh yilning o‘zi tahlil qilinsa ham, tog‘-kon, metallurgiya, qurilish, kimyo va sanoatning turli boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 35 dan ziyod turdagi foydali qazilmalarni izlash va qidirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

    Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyo mamlakatlarining iqtisodi uchun qiyin bo‘lgan 2020-yilda O‘zbekistonning geologiya sohasi mamlakat iqtisodiyotining mustahkam tayanchi ekanligini isbot qildi. O‘tgan 2020-yilda belgilangan 17 turdagi foydali qazilmalar zaxiralarini oshirish rejalari oshig‘i bilan bajarildi.

    Zarmitan koni manzaralari.

    Zarmitan koni manzaralari.
    Foto: “NGMK.uz”

    Jumladan, oltin zaxiralari bo‘yicha reja 127,4 foizga yoki 102,5 tonnaga bajarildi, kumush zaxiralari 448,4 tonnaga oshirilib, reja uch karra ortig‘i bilan uddalandi. Strategik xomashyo bo‘lgan uran zaxiralari 101,3 foizga yoki 3 038,5 tonnaga, qo‘rg‘oshin 107, 3 foizga yoki 29 ming tonnaga, rux 116,1 foizga, yoki 26,7 ming tonnaga, mis 3 038 tonnaga, volfram 10,2 ming tonnaga, nodir va kamyob yer metallari 1 245 tonnaga, kvars xomashyosi 389,5 ming tonnaga, bazalt xomashyosi 544,7 ming tonnaga, fosforit 5,5 million tonnaga, ko‘mir 45,8 million tonnaga ko‘paytirilib, belgilangan rejalar ortig‘i bilan ado etildi. Bundan tashqari, qurilish materiallari sanoati uchun xomashyo zaxiralari ham ko‘paytirildi.

    Geologlarning fidokorona mehnatlari tufayli oltin, uran, mis kabi strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metallarning zaxiralari va qazib olish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. O‘tgan asrning 60-yillarida ishga tushirilgan Muruntog‘ oltin koni nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida ham peshqadam. Dunyoning eng yirik oltin konlari reytingida Muruntog‘ qatorasiga ikki yil — 2019 va 2020-yillarda birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu yirik konda har yili 56—57 tonna oltin qazib olinadi.

    Muruntog‘ koni.

    Muruntog‘ koni.
    Foto: “NGMK.uz”

    Ayni vaqtda, oltin O‘zbekiston eksportining asosiy qismini tashkil qiladi: 2020-yilda O‘zbekiston 5,8 milliard dollarlik oltin eksport qildi — bu umumiy eksport hajmining salkam 40 foizini tashkil qiladi.

    Soha mutaxassislari 2021-yilda ham geologiya-qidiruv ishlariga chet el investitsiyalarini jalb etgan holda O‘zbekistonning yer qa’rida yashirin boyliklarini izlab topish borasida o‘z oldilariga katta maqsadlarni qo‘ygan. Eng zarur foydali qazilma konlarini izlash va qidirish bo‘yicha 50 dan ziyod istiqbolli geologik obyektlar mahalliy va xorijiy investorlarga taklif etilayapti. Jumladan, Tebinbuloq titan-magnetit va Suren ota temir konlarini hamda Uchquloch polimetall konini samarali o‘zlashtirish uchun investorlarga topshirish ko‘zda tutilgan. Bu ishlar O‘zbekistonning qudratiga qudrat qo‘shish bilan birga, xalqimiz uchun minglab yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi.

    Fursatdan foydalanib xalqimiz uchun yer osti boyliklarini izlab topayotgan zahmatkash va fidoyi geologlarni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.

    Ilhomboy To‘ramuratov, geologiya-mineralogiya fanlari doktori,
    Nuritdin Abrayev, injener-geolog,
    Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

    04.04.2021, 14:26   Izoh (0)   23521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 5-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    04.04.2021, 14:18

    Parkent tumani qirlaridagi varrakbozlik (foto)

    04.04.2021, 13:37

    O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 193 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 bilan bog‘liq yana bir o‘lim qayd etildi

    04.04.2021, 13:16

    “Iltimos, ehtiyot bo‘ling”. Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi

    04.04.2021, 12:17

    O‘zbekistonda 3 kunda qariyb 24 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi

    04.04.2021, 11:59

    Farg‘onada qalbaki 25 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    04.04.2021, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    17 iyul, 13:30

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Singlisiga avtomobil sovg‘a qilgan Rasul Kusherbayev, ajrashayotgan Xonzoda Qambarova, xorijda hordiq chiqarayotgan mashhurlar

    Madaniyat | 17 iyul, 13:55

    “Real” eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi

    Sport | 17 iyul, 13:45

    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

    Reklama | 17 iyul, 13:30

    Iroqda savdo markazidagi yong‘inda 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 17 iyul, 13:06

    Farg‘onada xaridorni pichoqlagan do‘kon sotuvchisi 11 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:45

    OFK. Jahon chempionati 4-saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    Sport | 17 iyul, 12:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.