O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 83 623 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 3-aprel kuni mamlakatning 11 ta hududida jami 193 ta kasallanish holati aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 1 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Namangan viloyatida;
- 8 nafari Samarqand viloyatida;
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 20 nafari Toshkent viloyatida;
- 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir sutka davomida Qoraqalpog‘istonda ikki kishi, Buxoro viloyatida 6 kishi, Jizzax viloyatida 3 kishi, Qashqadaryo viloyatida 7 kishi, Samarqand viloyatida 21 kishi, Toshkent viloyatida 16 kishi, Toshkent shahrida esa 125 kishi tuzalib, mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar jami soni 81629 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, bir nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1363 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda ekanligi qayd etilgan.