Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda 4-aprel, yakshanba kuni soat 11:58 da Payme kompaniyasi ma’lum qildi.
“Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.Vaziyat yuzasidan UzCard (Yagona umumrespublika protsessing markazi) hozircha biror izoh bergani yo‘q.
Xabar to‘ldirilmoqda