Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 29-turida “Yuventus” 3-aprel, shanba kuni “Torino” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Federiko Kyeza mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari Antonio Sanabriyaning dubli bilan javob qaytardi.
80-daqiqada Krishtianu Ronaldu muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
“Yuventus” 56 ochko bilan 4-o‘rinda ketmoqda va peshqadam “Inter”dan 9 ochko ortda qolmoqda. “Torino” (24) esa 17-pog‘onadan joy olgan.
A Seriya
29-tur bahsi
3-aprel, shanba
“Torino” — “Yuventus” 2:2
Gollar: 0:1 – 13 Kyeza, 1:1 – 27 Sanabriya, 2:1 – 46 Sanabriya, 2:2 – 79 Ronaldu.“Torino”: Sirigu, Ansaldi, Itsso, Bremer, Voyvoda, Mandragora, Rinkon (Lukich, 66), Verdi (Bazelli, 87), Buonjorno, Sanabriya, Belotti (Zaza, 72).
“Yuventus”: Shchensni, Aleks Sandro (Rabyo, 87), Danilo (Remzi, 71), Kyellini, de Ligt, Bentankur, Kulusevski (Bernardeski, 71), Kuadrado, Kyeza, Morata, Ronaldu.
Ogohlantirilar: Ansaldi (42), Rinkon (59), Kuadrado (68), Sanabriya (83), Bernardeski (90).
Izoh (0)