Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 29-turida “Jenoa” 3-aprel, shanba kuni “Fiorentina”ni qabul qildi.
O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. Mattia Destro 13-daqiqada gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Dushan Vlaxovich esa 23-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa yo‘lini tanladi. “Jenoa” safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov mazkur bahsda 83-daqiqada maydonga tushirildi.
“Jenoa” ushbu durangdan so‘ng 32 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. “Fiorentina” esa 30 ochko bilan 14-pog‘onadan o‘rin olgan.
“Roma” “Sassuolo” bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, “Napoli” va “Latsio” esa g‘alabaga erishdi.
A Seriya
29-tur bahslari
3-aprel, shanba
“Jenoa” — “Fiorentina” 1:1
Golllar: 1:0 – 13 Destro, 1:1 – 23 Vlaxovich.“Jenoa”: Perin, Biraski (Zays, 62), Masyello, Krishito, Zappakosta, Strotman (Melegoni, 83), Radovanovich, Badel, Behrami (Gilyone, 70), Destro (Pyatsa, 70), Skamakka (Shomurodov, 83).
“Fiorentina”: Drongovski, Pesselya, Martines, Kaseres (Biragi, 71), Venuti (Amrabat, 89), Pulgar, Bonaventura (Esserik, 71), Riberi, Kastrovilli (Kalyexon, 83), Milenkovich, Vlaxovich (Kuame, 89).
Ogohlantirishlar: Strotman (2), Zays (63), Pulgar (90).
Chetlatish: Riberi (51).
Izoh (0)