• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    KXDRni deyarli barcha xorijlik diplomatlar tark etdi. U yerda oziq-ovqat va dorilarning kuchli tanqisligi kuzatilmoqda

    Pandemiya sababli xorijlik diplomatlarning katta qismi, shu jumladan, xalqaro gumanitar tashkilotlar xodimlari Shimoliy Koreyani tark etdi. Mamlakatda mahsulotlar va dori-darmon vositalarining keskin tanqisligi kuzatilmoqda. Bu haqda Pxenyandagi Rossiya elchixonasiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

    Pxenyan

    Pxenyan
    Foto: “RIA Novosti”

    “Bugun 18-mart kuni Pxenyandan chiqib ketgan 38 nafar chet el fuqarosining Xitoy bilan chegaradosh Dandun shahrida joylashgan mehmonxonadagi ikki haftalik karantin muddati yakunlandi. Endi ular Pekin yoki Shanxayga qarab yo‘l oladi, u yerdan esa o‘z mamlakatlariga uchib ketadi”, — deyiladi elchixonaning Facebook’da e’lon qilingan xabarida.

    Diplomatik vakolatxonaning ta’kidlashicha, “endi KXDRni jamoaviy tark etgan diplomatik vakolatxona xodimlarining hisobini aytish qiyin”.

    “Bir narsa aniq, bu oxirgisi emas, xorijliklar mamlakatni tark etishda davom etadi. Hozir bu yerda ular deyarli qolmadi, mamlakatdan chiqib ketmaganlar bor-yo‘g‘i 290 kishidan kamroqni tashkil qiladi. Shimoliy Koreya poytaxtini tark etayotganlarni tushunish mumkin, har kim ham kuch bilan o‘rnatilgan keng ko‘lamli umumiy cheklovlarga, zarur mahsulotlar va dori-darmon vositalarining keskin tanqisligiga, sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilish erkinligining yetishmasligiga dosh berolmaydi”, — deyiladi xabarda.

    Rossiya elchixonasining ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Venesuela, Braziliya, Germaniya, Italiya, Nigeriya, Pokiston, Polsha, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya, Fransiya vakolatxonalarining “eshiklariga qulf osilgan”, xalqaro gumanitar tashkilotlarning barcha xodimlari mamlakatni tark etgan.

    “Hozir bu yerda faqat 9 nafar elchi va to‘rt nafar vaqtinchalik ishonchli vakil o‘z mamlakatlari nomidan ish yuritmoqda, lekin shu vaqtgacha faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar xodimlari minimal darajagacha qisqartirildi”, — deyiladi xabarda.

    Elchixonaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning diplomatik vakolatxonasi o‘z ishini davom ettirmoqda. “Albatta, bizga ham oson emas, muammo juda ko‘p, bir nechta oila turli sabablarga ko‘ra xizmat safarlarini tugatishga majbur bo‘ldi. Lekin jamoaning ishga layoqatliligi to‘lig‘icha saqlanib turibdi, biz o‘zimizga yuklatilgan barcha vazifalarni bajaryapmiz va bajarishda davom etamiz”, — deb ta’kidladi diplomatik vakolatxona.

    Avvalroq Rossiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) o‘rtasidagi chegaralar bir yildan ortiq vaqtdan buyon yopiq bo‘lgani sababli Rossiya elchixonasi xodimlari va ularning oila a’zolari o‘z vataniga dezina (temiryo‘lda yuradigan motorli yoki motorsiz arava, vagon)da qaytib kelgani haqida xabar berildi.

    Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumati Vashington Pxenyanga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechmaguncha AQShning yangi ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatmasligini aytdi. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Chve Son Xining Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi.

    Shu o‘rinda, AQSh prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda Oq uy vakili Jen Psaki xabar berdi.

    Bundan tashqari, mamlakat Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzayotganini ma’lum qildi. Bunga sabab qilib Malayziyaning o‘z hududidagi Shimoliy Koreya fuqarosini AQShga topshirmoqchiligi ko‘rsatilmoqda.

    Mavzuga doir: Koronavirus tufayli Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaga qochib o‘tganlar soni keskin kamaygan

    02.04.2021, 07:58   Izoh (0)   17256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston SSV mamlakatda Kavasaki sindromi tarqalgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    02.04.2021, 06:06

    Slovakiyada “Sputnik V” vaksinasi bilan bog‘liq mojarodan keyin yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

    02.04.2021, 05:46

    Meksikada oilaning tug‘ilajak farzandi jinsi haqidagi ma’lumot yozilgan banner bilan uchishi kerak bo‘lgan samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi (vide...

    02.04.2021, 05:15

    Gruziyada norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan rossiyalik jurnalist karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

    01.04.2021, 21:47

    Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Ramazon oyidan keyin Tog‘li Qorabog‘ga borishini aytdi

    01.04.2021, 18:22

    Rossiya prezidenti 2020-yilgi daromadlari haqidagi deklaratsiyani taqdim qildi

    01.04.2021, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:15

    Superliga. “Bunyodkor” mehmonda “Dinamo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 23 iyun, 22:11

    AQSHda 22 yoshli kollej bitiruvchisi aksilterror dasturiga rahbarlik qilmoqda — The Independent

    Dunyo | 23 iyun, 22:10

    Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlangani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:01

    Jazoirdagi futbol stadioni to‘sig‘i sinib, muxlislardan 3 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyun, 21:55

    Jizzaxda 50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:40

    CBS News: AQSHda Los Anjeles sherifining Eronga hamdardlik bildirgan xabari o‘chirib tashlandi

    Dunyo | 23 iyun, 21:25

    Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 21:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.