Professional futbol Ligasi (PFL) mart oyi yakunlari bo‘yicha Superliganing eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnomani boshladi.
Mart oyida musobaqaning uchta tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur tur o‘yinlari bo‘yicha oyning eng yaxshilari nomiga da’vogarlar aniqlab olindi.
Superligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar:- Piter Hyuistra (“Paxtakor”) — 3 ta o‘yin, 3 g‘alaba;
- Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) — 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
- Baxtiyor Ashurmatov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
- Hamidjon Aktamov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang;
- Viktor Jalilov (“Navbahor”) — 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang.
Mart oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar:
- Sardor Rashidov (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist;
- Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Shirinboy Abdullaev (“So‘g‘diyona”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
- Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Elvin Fortes (OKMK) — 3 o‘yin, 2 gol;
- Ignatiy Nesterov (“Qizilqum”) — 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
- Oybek Bozorov (“Nasaf”) — 3 o‘yin;
- Aziz Turg‘unboyev (“Paxtakor”) — 3 o‘yin, 1 gol, 1 assist.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)