“Atletiko” yarim himoyachisi Markos Lyorente faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted”dan qiziqish bor, deya xabar qilmoqda AS.
Ta’kidlanishicha, “qizil iblislar” futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. “Manchester Yunayted” Lyorente transferi borasida madridliklarga 80 million yevrolik rasmiy taklif bilan chiqishga ulgurgan.
Biroq ispaniyalik futbolchi “Atletiko”ni tark etishga u qadar oshiqmayapti. Avvalroq Lyorentega PSJdan 70 million yevrolik taklif bo‘lgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Lyorente 2019-yilning yozida “Real”dan 40 million yevro evaziga “Atletiko”ga o‘tgandi. U 2020/21-yilgi mavsum “Atletiko” safida 36 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)