• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh-Turkiya munosabatlarining istiqbollari, Suriyadagi Rossiya siyosati. Jahon matbuoti sharhi

    Bayden ma’muriyati davrida amerika-turk munosabatlari qanday tus oladi? Rossiyaning Suriyadagi siyosati qanday oqibatlarga olib keldi? Jahon matbuoti ruknida shu haqda so‘z yuritiladi.

    Turkiya – AQSh munosabatlari qanday tus oladi?

    AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li bilan yakkama-yakka uchrashuvi chog‘ida Turkiyani Rossiyaning C-400 raketaga qarshi qurolini sotib olishdan voz kechishga chaqirdi, deb yozadi The Al-Monitor nashri. NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida AQSh davlat departamenti agarda Turkiya rus raketaga qarshi C-400 qurilmasini sotib oladigan bo‘lsa, bu Turkiya tarafi uchun iqtisodiy jazo choralari qo‘llanilishidan ogoh qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    NATOning boshqa a’zo mamlakatlari Turkiyaning rus mudofaa tizimi qurollarini sotib olishiga rasmiy Vashington o‘tgan davrda hech qanday bir jazo ko‘rmay kelganidan norozi bo‘lib keldi va rasmiy Vashington 2020-yilning 14-may sanasida CAATSA dasturida nazarda tutilgan bandlar bo‘yicha Turkiya mudofaa tizimiga qurol-yarog‘ sotib olish bilan shug‘ullanadigan qo‘mitaga iqtisodiy jazo qo‘lladi.

    Anqara AQShning bosimiga qaramasdan ikki taraf o‘rtasidagi muloqot chog‘ida rus qurol-yarog‘i borasida o‘z siyosatini o‘zgartirmasligiga ishora qildi. Uchrashuvdan so‘ng Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li matbuot anjumanida C-400 tizimi allaqachon sotib olingani va shartnoma yopilganini  ma’lum qilar ekan, AQSh tarafi bilan qurol oldi-sotdisini texnik masalalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan komissiya tuzish taklifini bildirdi.

    Komissiya tuzishning bosh maqsadi esa Turkiya C-400 raketaga qarshi mudofaa tizimi AQSh va NATO a’zo mamlakatlarining F-35 ga hech qanday tahdid emasligiga ham ishontirishdan iborat. Ammo rasmiy Vashington C-400 mudofaa tizimidan voz kechish kerakligini bildirar ekan, iqtisodiy jazo choralari muqarrarligini uqtirdi. Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziriga Bayden hukumati Turkiyaning nomidan qabul qilingan CAATSA dasturi doirasida amal qiladigan qonunni tatbiq qilmaslikda chiqish qila olmasligini ham ma’lum qildi.

    2019-yilda Turkiya F-35 uchoqlarini sotib olish dasturidan chiqarib yuborilgan va bunga ham turk tarafining C-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olishga intilishlari sabab bo‘lgandi. Oqibatda Turkiya Lockheed Martin sobiq rahbarini yollash orqali Turkiyani F-35 dasturiga qaytarish borasida lobbistlik harakatini ishga tushiradi.

    Anqara hozirda mavjud vaziyatni o‘zgartirish mumkinligiga ishonch hosil qilgan holda, Afg‘oniston borasida tinchlik muzokaralarida pishang bo‘lishga va AQShni iqtisodiy jazo choralarini bekor qilishga undashi qo‘lidan kelishga ishonmoqda.

    AQSh hukumati Turkiyadan afg‘on hukumati va Tolibon harakati yuqori martabali amaldorlari o‘rtasida AQSh va Qatarning vositachiligida Turkiya hududida tinchlik muzokaralar o‘tkazilishiga yordam berishini iltimos qildi. Bu esa o‘z navbatida AQSh hukumatiga Afg‘onistondagi harbiylarini olib chiqib ketishga yo‘l ochgan bo‘lardi. Avvalroq, Mavlut Chovusho‘g‘li muzokaralar aprel oyida Istanbulda o‘tkazilishini bildirar ekan, Turkiya muzokaralar ishtirokchilarining har biri bilan alohida uchrashishi kerakligini va bu muzokara sanasini belgilashga yordam berishi kerakligini ham ma’lum qiladi.

    Turkiya tarafi endilikda muzokaralarni may oyiga ko‘chirishga intilmoqda. Bu bilan turk hukumati C-400 borasida AQShdan qandaydir bir imtiyozga ega bo‘lishga, Jo Baydenning arman genotsidining 106 yillik yubileyidagi chiqishida arman genotsidini e’tirof etishiga to‘sqinlik qilish va Eron bilan ko‘p milliardli dollar qiymatidagi savdo aloqalarini yo‘l qo‘yishi ortidan iqtisodiy jazo qo‘llanilgan Halkbank’ning sud jarayonida ma’lum bir ijobiy o‘zgarishlar qilinishiga erishmoqchi. Xullas, Turkiya AQShga  “Vashington u yoki bu shartni bajarmasa Turkiya tarafi Afg‘oniston borasida AQShga yordam bermaydi” degan shartni qo‘yishni istamoqda. Bu esa AQSh va Turkiya munosabatlarini jiddiy sinovlar kutayotganidan darak. Shartlar esa AQShga yoqmasligi ham tabiiy.

    Suriyani ochlik va qashshoqlik yoqasiga olib kelgan rus siyosati

    Rossiya BMTdagi ta’siridan ayyorona foydalangan holda Suriyadagi vaziyatni taranglashtirishga erishmoqda, deb yozadi The Politico nashri. AQSh esa Rossiyaning Suriyadagi siyosatiga to‘sqinlik qilish uchun hali vaqtni boy bergani yo‘q.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Suriya shimolida yuzaga kelgan keskin gumanitar inqiroz zamonaviy jamiyatlardagi yo‘l tirbandligi muammosini esga soladi. Har kuni Turkiya chegarasida minglab oziq-ovqat, ichimlik suvi, qurilish materiallari va dori darmon   ortilgan yuk mashinalari Suriyaga o‘tish uchun turnaqator navbatga turadi. Suriya hududiga o‘tib olgan yuk mashinalari avvalo o‘z yo‘nalishlarini Bob al-Havo tomon o‘zgartiradi. Bu hudud esa Suriyadagi ichki nizolardan eng ko‘p aziyat chekkan hududlardan biri sanaladi.

    Bashar Assad hukumati tomonidan o‘qqa tutilgan shaharda 4,5 million aholi xarobazorlar orasida kun kechirmoqda. Yuk mashinalari kelishi bilan 4,5 million aholiga najot ham kelganday.  2014-yilda BMT Suriyaga insonparvarlik yordamini amalga oshirishga kirishganda, bu yordamni Turkiya, Iordaniya va Iroqning to‘rt shahri orqali suriyaliklarga yetkazib berishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda BMT yordami faqat ikkita o‘tkazish punkti orqali amalga oshirilmoqda. 2020-yilning iyul oyidan boshlab esa faqatgina bitta o‘tkazish punkti orqaligina insonparvarlik yordami ko‘rsatilmoqda. Koronavirus pandemiyasining kuchayishi ortidan Bob al-Havoda gumanitar inqiroz avjiga chiqdi. Insonparvarlik yordamini yetkazishdagi to‘siqlar esa vaziyatni yanada yomonlashtirib yubordi. Sabab esa Rossiya o‘zining BMT xavfsizlik kengashidagi veto qo‘yish huquqidan foydalangan holda suriyaliklarga yetkazilishida muhim o‘rin tutuvchi kanallarni yopishga muvaffaq bo‘layotganidir.

    Assad hukumati esa BMTning insonparvarlik yordami avvalo oddiy aholiga emas Assad rejimiga qarshi kurashayotgan muxolifatga yetkazilmoqda, deb iddao qilmoqda. Rasmiy Kreml Bashar Assadni o‘zining ittifoqchisi sifatida sanarkan, uning hokimiyatiga soya soluvchi kuchlar ochlikdan azoblanob, jon bersa qanday yaxshi.

    Rus hukumati esa Suriyadagi aholiga yetkaziladigan insonparvarlik yordami olib o‘tiladigan Bob al-Havoni ham yopishga jazm qilgan. Yoz oylarida BMT xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Agarda rus diplomatiyasi chegarani berkitish haqida ko‘proq ovozga ega bo‘ladigan bo‘lsa, u holda Bob al-Havo chegara punkti ham BMT insonparvarlik yordami uchun yopiladi. Oqibatlar esa dahshatli tus olishi ehtimol.

    O‘tgan davr mobaynida Suriyadagi inqiroz borasida g‘arblik siyosatchilar Kremlning nayranglari oldida ip esholmay keldilar. AQShning yangi hukumati esa Suriyadagi chuqur ijtimoiy inqirozning oldini olish uchun siyosiy kurashning yangi raundiga qay holda kirishi muhim masala. Shunday ekan, Jozef Bayden, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va USAID tashkilot rahbari Samanta Pauer rus siyosatini o‘zgartirish va rus-hisob kitoblariga zarba berish uchun faol siyosiy kurashga kirishi talab qilinadi. Buning uchun esa AQSh hukumati Suriyaga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishiga to‘siq qo‘yishga urinayotganlarni yaxshilab aqlini joyiga kiritib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

    10 yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolar urushi suriyaliklarni demokratiya haqidagi orzulariga ma’lum bir ma’noda barham berishga, boz ustiga rus hukumatining Bashar Assad hokimiyatini ittifoqchisi sifatida dastaklashga va qolaversa ruslarning Yaqin Sharq mintaqasida boy berilgan obro‘sini tiklab olishlariga imkon bergan bir siyosiy voqea bo‘ldi.

    Assad rejimini himoya qilayotan ruslar ayni paytda Erondagi Islom qo‘riqchilari inqilobi va Rossiyada harakati taqiqqa uchragan Hizbulloh guruhi bilan ham siyosiy aloqalar o‘rnatgan. Shunday bir vaziyatda Xitoyning rus siyosatining Suriyadagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlayotgani ham vaziyatni yanada chigallashtirib yuborgan. Rus va xitoylik diplomatlar ochiq oydin tarzda insonparvarlik yordamini cheklashga qaratilgan tadbir bu eng avvalo G‘arbning Assad rejimiga qo‘ygan iqtisodiy jazo choralariga javob demoqda. Rus harbiylari esa suriyaliklarga bosim o‘tkazgan holda Suriyada Assad rejimidan boshqa rejim bo‘lmasligini o‘zining harbiy-havo kuchlari, kimyoviy qurollari bilan tushuntirishga urinmoqda. Asad rejimining qonli jinoyatlari haqidagi tafsilotlar BMT hujjatlarida jamlanayotgan bo‘lsada, ammo rus tarafining Suriyadagi jinoyatlari haqida aniq bir dalillar mavjud emas.

    2014-yilda Suriyadagi vaziyat o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda BMTning xavfsizlik kengashi Damashqqa iqtisodiy jazo choralari qo‘llamasdan insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga ovoz beradi. Ammo Assad rejimi BMTning mazkur qaroriga qarshilik qiladi. Ammo BMT havfsizlik kengashi insonparvarlik yordamini ko‘rsatish Suriyaning suverenitetiga dahl qilmayotganligini bildirib, to‘rtta chegara punktini insonparvarlik yordami ko‘rsatilishi uchun ochilishiga ruxsat beradi. Xavfsizlik kengashi esa bunday siyosat millionlab suriyaliklarni ochlik va qashshoqlikdan himoyalashda to‘g‘ri qadam ekanligini ma’lum qiladi. Hozirda esa Suriyadagi ijtimoiy inqiroz o‘ta achinarli ahvolda qolmoqda.

    Shunday ekan AQSh hukumati BMT havfsizlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan norasmiy muloqotlar doirasida Arriya formulasi bo‘yicha Suriyaga insonparvarlik yordamini yetkazsih masalasini muhokama qiladi. Bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi esa AQSh uchun insonparvarlik yordami yetkazib berilishi ayni vaqtda o‘ta muhimligini isbotlashi va insonparvarlik yordami ko‘rsatishni bloklashga urinayotgan davlatlarni o‘z strategiyasini o‘zgartirishga undashi mumkin. Agarda AQSh Rossiyaning xavfsizlik kengashidagi veto qo‘yish huquqni yengib o‘tib, rus qarshiligini sindira olsa Suriyadagi millionlab tinch aholi yana El Yarub, Bob as-Salom kabi chegara punktlari orqali ham insonparvarlik yordamini olishga muvaffaq bo‘ladi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi

    27.03.2021, 21:14   Izoh (0)   66648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya raketalarni o‘zini himoya qilish maqsadida uchirganini aytdi

    27.03.2021, 20:58

    Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan kemaning qachon chiqarib olinishi mumkinligi ma’lum qilindi

    27.03.2021, 16:55

    Xitoyda paxta yetishtirishda uyg‘urlar majburiy mehnatga jalb qilinishi haqidagi bayonot sabab H&M va Nike mahsulotlariga qarshi norozilik kampaniyasi boshlandi

    27.03.2021, 11:53

    Misrda ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 30 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi (foto va video)

    27.03.2021, 10:10

    Dunyo pandemiyaning avj nuqtasidan o‘tib bo‘ldi, Yevroittifoq koronavirusning uchinchi to‘lqini haqida e’lon qildi, COVID-19 bilan kasallanib o‘tganlarning qariyb

    26.03.2021, 15:12

    Suvaysh kanalining to‘silib qolgani tufayli jahon savdosi soatiga 400 mln dollar yo‘qotmoqda

    26.03.2021, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.