• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyo pandemiyaning avj nuqtasidan o‘tib bo‘ldi, Yevroittifoq koronavirusning uchinchi to‘lqini haqida e’lon qildi, COVID-19 bilan kasallanib o‘tganlarning qariyb 100 foizida nevrologik asoratlar kuzatilmoqda va boshqa koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dunyo pandemiyaning avj nuqtasidan o‘tib bo‘ldi

    COVID-19’ga chalinish bo‘yicha mahalliy avj olishlar yuz berishi mumkin, ammo umuman olganda dunyoda pandemiyaning avj nuqtasidan o‘tib bo‘lindi. Bunday fikrni Rossiya Fundamental va translyatsion tibbiyot federal tadqiqot markazi eksperimental modellashtirish va yuqumli kasalliklar patogenezi bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Shestopalov bildirib o‘tdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2’ning bundan keyingi mutatsiyalari vaksinatsiyaga nisbatan reaksiya bo‘lib chiqishi ham mumkin, chunki virus shu paytgacha ham barqarorlashmagan.

    “Grippga kelsak, bu epidemik mavsumda u haqiqatan ham ketdi, ammo keyingi mavsumda u albatta qaytib keladi”, — deya ta’kidladi u.

    Parranda grippining yangi A(H5N8) shtammi haqida gapirar ekan, Shestopalov u ham boshqa shtammlar kabi ko‘chmanchi qushlar tomonidan tarqatilishini aytdi. Ayni paytda bunday holatlar Ukraina janubida hamda Shimoliy Kavkazda va Rossiyada qayd etilgan.

    Yevroittifoq koronavirusning uchinchi to‘lqinini boshdan o‘tkazmoqda

    Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen koronavirusning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Yevroittifoq mamlakatlaridagi epidemik vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi.

    Biz Yevropada COVID-19’ning uchinchi to‘lqini boshidamiz. Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarning ko‘pchiligida kasallanish holatlari yana ko‘paymoqda, bunga asosiy sabab B.1.1.7 varianti (‘britancha’ shtamm) bo‘lib, u hozir Yevropaning deyarli har bitta mamlakatida bor”, — dedi fon der Lyayyen Yevroittifoq davlat va hukumat rahbarlarining onlayn shaklda o‘tkazilgan sammitida.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq ayni paytda koronavirusga qarshi 88 million doza vaksina qabul qilib olgan, 62 million marta vaksina yuborilgan. 18,2 million kishi yoki aholining 4,1 foizi ikkala dozani ham qabul qilgan. Yozda Yevroittifoq aholisining (voyaga yetgan qismining) 70 foizi emlangan bo‘lishi kerak.

    Yevrokomissiya Yevropada COVID-19’ning uchinchi to‘lqini boshlangani haqida 19-martda e’lon qilgan edi. Yevroittifoq mamlakatlari aholini emlashni tezlashtirishga da’vat etildi. Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan esa virusning yangi to‘lqinini yengish uchun Yevroittifoqda vaksinalar yetishmasligi haqida ogohlantirdi.

    Ayni paytda Yevroittifoqda COVID-19’ga qarshi to‘rtta vaksina ma’qullangan, bular — Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari, Amerikaning Moderna va Janssen (Johnson & Johnson’ga tegishli), shuningdek, AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi vaksinalaridir.

    COVID-19 bilan kasallanib o‘tganlarning qariyb 100 foizida nevrologik asoratlar kuzatilmoqda

    COVID-19 koronavirusi bilan og‘rib o‘tganlarning 99 foizida nevrologik asoratlar kuzatilgan, bular bosh og‘rig‘i va his qilishning buzilishidan tortib, depressiyagacha bo‘lgan holatlardir. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy reabilitatsiya bo‘yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi Galina Ivanova ma’lum qildi.

    “Koronavirus infeksiyasining nevrologik alomatlari kundan kunga, oydan oyga yanada ko‘payib, tobora kuchliroq va og‘irroq bo‘lib bormoqda, bular bosh og‘rig‘i, sezuvchanlikning buzilishi, hid va ta’m bilishning buzilishi, parez (falajning yengil shakli), falajliklar, turli darajadagi kognitiv buzilishlar, sarosima va depressiya bo‘lib, ular koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazgan bemorlarning qariyb 99 foizida qayd etilmoqda”, — dedi u.

    Chop etilgan maqolalarga tayangan holda, Ivanova koronavirus asoratlarini to‘rtta guruhga ajratdi. Birinchi guruhga ekspertlar gipoksiya, bronxial klirensning buzilishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, yurak og‘riqlari, ritmning buzilishi va miokarditlar rivojlanishida aks etuvchi kardiorespirator buzilishlarini kiritadi. Nevrologik asoratlar ikkinchi guruhga kiradi. Uchinchi guruh esa muskul-skelet buzilishlaridan iborat bo‘lib, ular bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, ularning shamollashi, muskul og‘riqlari, egiluvchanlikning kamayishi, sarkopeniyaning rivojlanishi bilan paydo bo‘ladi. Diareya va ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, jigar sohasidagi og‘riq, qondagi qand miqdorining oshishi kabi metabolik buzilishlar esa to‘rtinchi guruhga kiradi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallanib o‘tganlar yuqoridagi belgilarning eng kuchli namoyon bo‘lgani bo‘yicha ixtisoslashgan muassasada reabilitatsiyadan o‘tishi kerak.

    Shuningdek:

    • 26-mart holatiga dunyoda pandemiya boshidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 125 431 910 kishini tashkil qilmoqda. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga qaraganda, COVID-19 bilan bog‘liq o‘limlar 2 755 210 taga yetgan. Kasallanganlar soni 10 million va undan yuqori bo‘lgan mamlakatlarga AQSh, Braziliya va Hindiston kiradi.
    • Shimoliy Atlantika alyansi — NATO bosh qarorgohida 25-mart kuni xodimlarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Avvalroq 20 nafar polshalik mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan vaksinatsiya chog‘ida qariyb 3,5 mingta dozadagi AstraZeneca dorisidan foydalanilishi ma’lum qilingan edi. Emlanish taklifi NATO bosh qarorgohidagi barcha xodimlarga, shuningdek, 30 ta milliy delegatsiyalarda ishlaydigan odamlar uchun ham amal qiladi.
    • AstraZeneca Britaniya-Shvetsiya kompaniyasi bilan birga koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Oksford universiteti burunga sepiladigan dori shaklidagi AZD1222 vaksinasini klinik sinovdan o‘tkazish uchun ishtirokchilarni yig‘ishni boshladi. Sinovlarning birinchi bosqichi 30 nafar voyaga yetgan shaxs ishtirokida kelasi haftadayoq boshlanadi va to‘rt oy davom etadi.

    26.03.2021, 15:12   Izoh (0)   22497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suvaysh kanalining to‘silib qolgani tufayli jahon savdosi soatiga 400 mln dollar yo‘qotmoqda

    26.03.2021, 12:59

    Jo Bayden 2024-yilgi AQSh prezidenti saylovida ham qatnashishini ma’lum qildi. O‘sha vaqtda u 81 yoshda bo‘ladi

    26.03.2021, 11:39

    Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan kema atrofini qazish boshlandi. Kanal atrofida katta tirbandlik yuzaga kelgan (foto va video)

    26.03.2021, 11:09

    Shimoliy Koreya ikkita taktik raketaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida ma’lum qildi

    26.03.2021, 10:19

    Nursulton Nazarboyev nevarasining o‘limi sababi ma’lum qilindi

    26.03.2021, 09:59

    O‘pirilgan “Amirsoy” yo‘li, qora tuynukning ikkinchi rasmi, Fukusimada yoqilgan Olimpiada olovi. 25-mart suratlari

    25.03.2021, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.