• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turk lirasining devalvatsiyasi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Markaziy bank rahbari Nasi Agbalni ishdan bo‘shatganidan keyin 22-mart kuni boshlangan savdolardan so‘ng, turk lirasi dollarga nisbatan 15 foizga qadrsizlandi. O‘sha vaqtda lira kursi 8,34 dollarga tushgan, kun davomida esa bir AQSh dollari uchun 7,92 lira ko‘rsatkichini qayd etgan. 19-mart kuni bir turk lirasi 7,19 dollarni tashkil etayotgandi.

    26-mart holatiga ko‘ra, dollar kursi, taxminan, 7,99 lirani tashkil etmoqda. Shunday qilib, turk valyutasi Nasi Agbal Markaziy bankka rahbarlik qilgan to‘rt oy davomida erishgan o‘sishini yo‘qotdi. Bu haqda The Bell nashriga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nima bo‘ldi?

    Turkiya Markaziy banki 18-mart kuni inflyatsiyani ushlab turish maqsadida (hozirda 15,5 foiz) asosiy stavkani 2 pog‘ona ko‘tardi — 17 foizdan 19 foizga va qattiq pul-kredit siyosati zarurligi borasida bayonot bilan chiqdi. Oradan ikki kun o‘tgach, Erdo‘g‘on Agbalga iste’fo berib, Shahob Kavjio‘g‘lini — bank ishi professori va o‘zining partiyadoshini regulyator rahbari etib tayinladi. Shunda u yuqori stavkalar bilvosita yuqori inflyatsiyani keltirib chiqarishi, bu esa prezidentning nuqtayi nazariga mos kelishini ma’lum qildi (va ko‘plab zamonaviy iqtisodiy nazariyalarga zid).

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Financial Times’ning yozishicha, Agbalning ishdan bo‘shatilishi ko‘plab mahalliy va xorijiy investorlarni shokka tushirdi, chunki ular ular regulyator sobiq rahbarining Turkiyani yanada konservativ pul-kredit siyosatiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qarorlarini mamnuniyat bilan qabul qilib kelayotgandi.

    “Nasi Agbalning Markaziy bankdan chetlatilishi orqali Turkiya institutsional ishonchning so‘nggi yorqin langarlaridan ayrilmoqda. Turkiya tez orada yangi valyuta inqirozi yo‘liga tushib qolishi mumkin”, deydi Société Générale fransuz moliyaviy konglomerati strategi Feniks Kalen.

    Agbalning siyosati (o‘sayotgan inflyatsiyaga qarshi kurashda stavkalarni ko‘tarish) yil boshida lirani rivojlanayotgan bozorlar uchun eng jozibador valyutaga aylantirgan va spekulyativ bo‘lsa-da, kapital oqimiga sabab bo‘lgandi. Bloomberg’ning ko‘rsatishicha, Agbal to‘rt oy davomida raislik qilgan vaqtida lira bir dollar uchun 8,5 dan 7 liragacha qimmatlashgan, xorijiy investorlar 4,7 milliard dollarlik turk aksiyalari va obligatsiyalarini xarid qilgan, valyuta svoplari orqali kapital oqimi 14 milliard dollarni tashkil etgan.

    Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya Markaziy banki rahbariyatining kutilmaganda o‘zgarishi bosim ostida qolgan rivojlanayotgan bozorlarning og‘ir vaqtida sodir bo‘lgan, chunki AQSh dollarida va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan qarz olish qiymati oshgan. Bundan avval Rossiya va Braziliya inflyatsiyani ushlab qolish maqsadida asosiy stavkalar ko‘tarilganini e’lon qilgandi.

    Liraning devalvatsiyasi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    O‘zbekiston Markaziy banki turk lirasining devalvatsiyasi va uning o‘zbek so‘miga ehtimoliy ta’sirlari bo‘yicha izoh bergan.

    Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-mart holatiga ko‘ra, Turkiya O‘zbekistonning kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi savdo sherigi hisoblanadi (mamlakatlarning umumiy savdo aylanishidagi ulushi 6,2 foiz). Xususan, 2020-yilda Turkiya bilan tashqi savdo aylanmasi 2,1 milliard dollarni tashkil etgan. Turkiyada 1,08 milliard dollarlik tovar va xizmatlar import qilingan bo‘lsa, 1,02 milliard dollarlik eksport amalga oshirilgan.

    Bundan tashqari, 2020-yilda Turkiyadan O‘zbekistonga 341 million dollarlik pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan, bu umumiy pul o‘tkazmalarining 5,7 foizini tashkil etadi.

    Mart boshidan buyon turk lirasining kursi dollarga nisbatan 8,7 foizga qadrsizlandi (1 AQSh dollari uchun 7,43 dan 7,98 liragacha), shu bilan birga, 22-mart kungi kurs tebranishlari 8 foizga yetgan.

    Markaziy bankning ta’kidlashicha, turk lirasining keskin devalvatsiyasi, shuningdek, 2020-yilning noyabrida ham kuzatilgan. O‘shanda lira 1 AQSh dollari uchun maksimum 8,53 liragacha devalvatsiyaga uchragan.

    “Ichki talab va taklif omillarining barqarorligini, shuningdek, iqtisodiyotdagi u qadar yuqori bo‘lmagan devalvatsion kutuvlarni inobatga olgan holda qisqa muddatli istiqbolda turk lirasining hozirgi devalvatsiyasini so‘m kursiga ta’siri minimal bo‘ladi”, — deydi O‘zbekiston Markaziy banki.

    Shu bilan birga, regulyatorning ogohlantirishicha, “turk lirasi va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar kursining davomiy devalvatsiyasi o‘rta istiqbolda tashqi savdo kanallari orqali ichki valyuta bozoriga ma’lum bosim ko‘rsatishi mumkin”.

    Mavzuga doir: Erdo‘g‘on Turkiya Markaziy banki rahbarini ishdan bo‘shatgach, turk lirasi qadrsizlanib ketdi

    26.03.2021, 17:11   Izoh (0)   35321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    26.03.2021, 16:57

    O‘zbekistonda to‘lovni plastik kartadan qabul qilmaydigan Yandex Go haydovchilari ishdan chetlatiladi

    26.03.2021, 16:34

    Chirchiqda 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan kafedra mudiri ushlandi

    26.03.2021, 15:42

    Diplomlari O‘zbekistonda maxsus sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

    26.03.2021, 14:41

    O‘zbekistonda ayrim fuqarolar uchun pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi

    26.03.2021, 14:11

    O‘zbekistonda poliomiyelitni nazorat qilish kuchaytirildi

    26.03.2021, 13:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.