O‘zbekiston futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
OFK 25-mart kungi majlisda musobaqa mezbonligi O‘zbekistonga topshirilganini e’lon qilgan.
Musobaqa 2022-yilning 4—17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionatda yuqori uchlikni egallagan terma jamoalar 2022-yilgi U-20 Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
U-20 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasida Ilhom Hanjariyev boshchiligidagi terma jamoa qatnashadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)