Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCh—2022 saralashi doirasida kechgan Sloveniyaga qarshi o‘yinda (0:1) maydonga tushdi.
“Real”ning 35 yoshli futbolchisi milliy terma jamoa safida 134-o‘yinda maydonga tushdi. Shu tariqa Modrich Xorvatiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Dario Srnaning rekordini takrorladi.
Ulardan keyin Stipe Pletikosa (114 o‘yin), Ivan Rakitich (106), Yosip Shimunich (105), Ivitsa Olich (104) va Vedran Chorluka (103) kabi o‘yinchilar bormoqda.
Modrich 2006-yildan beri Xorvatiya terma jamoasida to‘p surib keladi, uning hisobida terma jamoa safida 16 ta gol mavjud.
Xorvatlar keyingi o‘yinni 27-mart kuni Kiprga qarshi o‘tkazadi.
Modrich “Real” safida 2020/21-yilgi mavsum La Ligada 27 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)