“Barselona” hujumchisi Ansu Fatining jarohatdan tiklanish jarayoni cho‘zilmoqda.
18 yoshli futbolchining shikastlangan tizza meniski to‘liq bitib ketmayapti. Bu jarrohlik amaliyotining qayta o‘tkazilishiga olib kelishi mumkin, deya xabar qilmoqda Catalunya Radio.
Fati ushbu jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Operatsiya qilish bo‘yicha qaror bir necha kun ichida qayta tekshiruvlardan keyin chiqariladi.
Avvalroq Fati mashg‘ulotlar vaqtida yuklama berilganda tizzasida og‘riq sezayotgani aytilgandi.
Futbolchi noyabr oyida jarohat olib safdan chiqqan va shu vaqtga qadar tiklanish jarayonini o‘tkazayotgandi.
Ispaniyalik futbolchi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 7 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)