Andijon viloyati Marhamat tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini bosib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 24-yanvar kuni soat 17:30 atrofida 4R-140 avtomobil yo‘lining 27-kilometrida sodir bo‘lgan. 26 yoshli haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan 26 yoshli velosipedchi J.A.ni urib yuborgan.
Velosipedchi yiqilgandan so‘ng ushbu yo‘nalishda kelayotgan haydovchi, 23 yoshli A.A. boshqaruvidagi Nexia yiqilgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan avval Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketgani, Andijonda 3 ta Lacetti va Labo ishtirokida YTH sodir bo‘lgani hamda Chiroqchida Nexia haydovchisi yo‘lning o‘rtasida yotgan mast erkakni bosib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)