Daryo

Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi (foto)

Hodisa yuzasidan Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish59 072 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Toshkent shahar Yashnobod tumanida to‘xtab turgan Lacetti avtomobilida yong‘in yuzaga keldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 24-mart kuni soat 02:00 larda tumanning Uysozlar ko‘chasida joylashgan 70-uyning oldida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan Lacetti’da yonib ketgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan bo‘lib, avtomobilning ma’lum qismi zararlangan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Hodisa yuzasidan Yashnobod tumani FVB va IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Avvalroq Qarshida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu’ga urilgan Nexia-2 yonib ketgani, Toshkentda bir-biri bilan to‘qnashgan Nexia va Spark’da yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar