AQShning Arkanzas shtatida xizmat olib boruvchi politsiyachi videoregistrator yordamida qo‘rqinchli kadrlarni muhrlashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Motor.
Feyetvill shaharchasi politsiyasi mahalliy ko‘chalarda har kunlik nazoratni amalga oshirgan. Qaysidir onda ofitser xususiy uylardan birining oldida turgan tirkamali furgon yonayotganiga duch kelgan. Yo‘l bo‘yida esa bir erkak yong‘inni kuzatayotganini ko‘rgan. U mazkur transport vositasining egasimi yoki yo‘q — noma’lum.
Ofitser xizmat mashinasini voqea joyidan uzoqroqqa joylashtirgan vaqtda yonayotgan furgon katta tezlikda pastlikka harakatlanib ketgan. Erkak yetarlicha uzoq masofada bo‘lgani sabab omon qolgan. Tirkamali furgon esa qiyalik bo‘ylab harakatlanib, ariqqa tushib ketgan.
Ehtimoliy oqibatlarga qaramay, yonayotgan transport vositasining yo‘lida hech qanday to‘siq bo‘lmagan. Shu bilan birga, politsiya ofitseri o‘t o‘chiruvchilar kelishini kutmasdan yong‘inni o‘chirishga kirishgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, furgonda yong‘in quvvatlantirish va o‘t oldirish tizimidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan.
Izoh (0)