IIV YHXBB axborot xizmati Toshkent viloyatida Chinoz tumanidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuzaga kelayotgan tirbandliklar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chinoz tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida joylashgan yo‘l o‘tkazgich ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli transport vositalari harakati yo‘lning bir tomonida tashkil etilgan.
“22-mart kuni hududlardan poytaxtga o‘qishga, ishga qaytuvchilar soni ortgani sabab avtotransportlar oqimi ham oshdi. Shu sababli tirbandliklar kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgandi.
Izoh (0)