Daryo

“Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

1 daqiqa o‘qish48 866 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

2021-yilning fevralida Prezident suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning uch yillik strategiyani tasdiqlagandi. Unda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlantirib borish, bu sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

“Chinoz tumani Yangiobod qishlog‘idagi ekin maydoni aynan shunday ishlar natijasi. Bu joyda 1 million 350 ming dollar investitsiya evaziga 850 gektar yer qayta o‘zlashtirilgan. Jami 202 ming kub metr sig‘imga ega 3 ta suv havzasi barpo etilib, ekinlarni tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi qo‘riq yerning 702 gektariga qo‘shqator usulda, plyonka ostida “Andijon-72” navli paxta ekiladi. 148 gektarda eksportbop poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Jumladan, uning bir qismi ishsiz yoshlarga bo‘lib beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ekishdan oldin sotishni o‘ylash kerak. Yerni tadbirkorga berish zarur. Chunki u bozorni biladi, raqobatni biladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, qayta foydalanishga kiritilgan bu yerlarda 220 kishi doimiy, 1 ming 200 dan ziyod aholi mavsumiy ish bilan ta’minlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar