• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaponiyada favqulodda holat bekor qilindi, Hindistonda koronavirusga chalinishlar soni rekord darajada o‘sdi, Yevroittifoq vaksinalar bilan bo‘lishishga tayyor emas va boshqa koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Yaponiyaning Tokio shahri va unga yondosh uchta prefektura (Kanagava, Saytama va Tiba)da koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan favqulodda holat rejimi bekor qilindi va ba’zi cheklovlar olib tashlandi.

    Poytaxtda kasallanish holatlarining kamayishi tufayli shunday qaror qabul qilindi. Shunga qaramay, mamlakat hukumati virusning yanada tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun oldini oluvchi choralar sifatida bir qator cheklovlarni kuchda qoldirdi. Xususan, kompaniyalarga o‘z ishchilarini masofadan ishlashda qoldirish tavsiya etildi.

    Bar va restoranlar 20:00 da yopilgan bo‘lsa, endi ularning ish vaqti bir soatga cho‘zildi.

    Sakura daraxti gullaydigan davrda poytaxt hukumati Ueno bog‘idagi daraxtlar atrofiga to‘siq o‘rnatdi, shuningdek, shaharliklarga o‘rindiqlarda uzoq vaqt o‘tirish taqiqlandi.

    Fevral oxirida Yaponiya hukumati vaksinatsiya uchun Pfizer vaksinalari yetishmayotganini ma’lum qilgandi. Shu sababli davlat keksa yoshli aholini emlash bo‘yicha dastlabki rejani sekinlashtirishga majbur bo‘lgan edi.

    So‘nggi bir kecha-kunduzda Tokioda 256 kishida koronavirus aniqlangan. Butun pandemiya davrida esa poytaxtning 117 517 nafar aholisi virusga chalingan.

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada 455 212 kishi COVID-19’ni yuqtirib olgan, 8,8 ming kishi vafot etgan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Hindistonda o‘tgan bir kecha-kunduzda 43 846 kishida COVID-19 aniqlangan — bu o‘tgan yil noyabr oyi o‘rtalaridan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich. Kasallik avj olishi tufayli ba’zi shtatlar ommaviy yig‘ilishlarga nisbatan taqiqni qaytadan kuchga kiritdi.

    Xususan, Hindistonning moliyaviy poytaxti Mumbay joylashgan markaziy Maxarashtra shtatiga kasallanish bo‘yicha yangi holatlarning qariyb yarmi to‘g‘ri keladi. Shtat ba’zi tumanlarda oy oxirigacha karantin joriy qildi.

    Ayni paytgacha Hindistonda 11,5 million kishi koronavirusga chalingan. Mamlakat kasallanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda AQSh va Braziliyadan keyingi uchinchi o‘rinda turibdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoqda qashshoq mamlakatlar bilan COVID-vaksinalarni bo‘lishish imkoniyati yo‘q, deb hisoblaydi. Bu haqda u Germaniyaning Funke Mediangruppe nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    “Hozir Yevroittifoqqa a’zo davlatlar vaksinalarni o‘zlari olishi uchun ularga favqulodda bosim o‘tkazilmoqda”, — dedi fon der Lyayyen.

    Shu bilan birga, Yevroittifoq kambag’al mamlakatlarga vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi COVAX xalqaro tashabbusini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, dedi Lyayyen.

    “Yevroittifoq ushbu tashabbusga 2,2 milliard yevro investitsiya kiritdi. COVAX 52 ta mamlakatga 30 million doza vaksina yetkazib berishga ulgurdi”, — dedi u.

    Yevrokomissiya rahbari fikricha, Yevroittifoqning o‘zida vaksinalar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganidan keyingina uning boshqa mamlakatlarga vaksinalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xayriya qilish mexanizmi ishga tushadi.

    Shuningdek:

    • Iyul o‘rtalariga kelib, Yevropada koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanishi mumkin. “Bugun biz iyun oxirigacha 300 dan 350 milliontagacha dozada vaksina yetkazib berish imkoniyatiga egamiz, demak, 14-iyulgacha (Bastiliyaning olinishi kuni — Fransiya milliy bayrami) bizda qit’a darajasida immunitetga erishish imkoniyati bor”, — dedi ichki bozor masalalari bo‘yicha yevrokomissar Tyerri Breton.
    • Yevropaga Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi kerak bo‘lmaydi. Tyerri Bretonning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq doirasida boshqa to‘rtta vaksina allaqachon ma’qullangan, jamoaviy immunitetga erishish uchun shularning o‘zi yetarli bo‘ladi.
    • Fransiyaning Marsel shahrida karantin tufayli karnavalga yig‘ilgan 6,5 ming kishi tarqatib yuborildi. Buning uchun politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalandi. Politsiya ma’lum qilishicha, tadbir ishtirokchilarining Mutlaq ko‘pchiligi niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan. Ulardan dastlab tarqalish talab qilingan, hech kim quloq solmagach, politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gazni ishga solgan.
    • Niderlandiyaning Amsterdam shahrida esa COVID-19 bo‘yicha cheklov choralariga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi, unda 150 dan ortiq odam qo‘lga olindi. Amsterdamdagi Muzey maydoniga 300 ga yaqin odam to‘plangan. Politsiyaning tarqalish talabiga rioya qilinmagach, ular suv zambaraklari yordamida tarqatilgan.

    22.03.2021, 10:05   Izoh (0)   44696
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya prezidenti mudofaa vaziri bilan birgalikda Sibir o‘rmonlarida dam oldi (foto)

    21.03.2021, 23:27

    Avstraliyada so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchli suv toshqini — suratlarda (foto)

    21.03.2021, 21:15

    Shvetsiya kompaniyalari “Sputnik V”ni ishlab chiqarishga tayyor, Italiyada esa vaksina sinovdan o‘tkaziladi

    21.03.2021, 19:38

    Avstraliyada suv toshqini tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda (video)

    21.03.2021, 17:36

    Daniyada AstraZeneca bilan emlangan tibbiyot xodimi vafot etdi, Polshada esa aholi ushbu vaksinani qabul qilishdan ommaviy bosh tortmoqda

    21.03.2021, 12:14

    Turkiya ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqdi

    21.03.2021, 11:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.