“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
39 yoshli futbolchi terma jamoaning JCh—2022 saralashi doirasida mart oyidagi o‘yinlari uchun dastlabki qaydnomadan o‘rin olgan, deya xabar qilmoqda Sky Sport Italia.
“Milan” hozircha futbolchining terma jamoaga chaqirilganini tasdiqlamadi. Vaziyat futbolchi 28-fevralda olgan jarohatidan qachon qutilishiga ham bog‘liq.
Ibragimovich Shvetsiya ustozi Yann Andersson bilan keskin munosabatda edi, biroq ular o‘rtasidagi muammo bartaraf etilgan. Avvalroq Zlatan terma jamoaga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
Ibra 2001—2016-yillar mobaynida Shvetsiya terma jamoasida to‘p surgan. U 116 o‘yinda 62 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan va jamoaning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Futbolchi 2020/21-yilgi mavsum A Seriyada 14 o‘yin o‘tkazib, 14 ta golga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)