Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar yana jarohat oldi.
Madridliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchi bel mushaklarini shikastlab olgan. Klub ma’lumotida futbolchining tiklanishiga qancha vaqt ketishi aytilmagan.
Azar 2020/21-yilgi mavsumda “Real” safida bor-yo‘g‘i 14 o‘yin o‘tkazdi, yana 21 ta uchrashuvni esa jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Azar uzoq muddatli tiklanish jarayonidan keyin safga qaytgan va “Real”ning 13-mart kungi “Elche”ga qarshi o‘yinida zaxiradan maydonga tushgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)