Argentina prezidenti Alberto Fernandesning Chubut provinsiyasiga safari chog‘ida uning korteji namoyishchilar guruhi tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda Todo Noticias telekanali xabar berdi.
Jurnalistlar ma’lum qilishicha, tajovuzkor kayfiyatdagi fuqarolar davlat rahbarining mikroavtobusini toshbo‘ron qilgan va oynalaridan birini sindirgan.
“Namoyishchilar avtomobilni qo‘llari bilan urib, baqirdi, bir necha kishi esa mashinaga tosh yog‘dirib, bitta oynani sindirdi”, — deyiladi xabarda.
Prezident kuchli yong‘inlardan keyin ushbu provinsiyaga tashrif buyurgan edi.
Namoyishchilar hududda foydali qazilmalar qazib olinishiga qarshi chiqqan. Qonun ayni paytda mahalliy parlamentda ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)