13-mart kungi savdolar chog‘ida bitkoin narxi kriptovalyuta tarixida birinchi marta 60 ming dollardan oshdi, deb yozadi Meduza.
So‘nggi bir kecha-kunduzda bitkoin 6 foizga qimmatlashdi. Kriptovalyuta qiymati bo‘yicha bundan avvalgi rekord 21-fevralda qayd etilgan, o‘shanda bitta bitkoin narxi 58 ming dollarga teng bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bitkoin 2017-yilda kriptovalyutalarga qiziqishning oshishi fonida bir yilda 20 baravar qimmatladi, shundan keyin uning kursi tezlik bilan pasayishni boshlagan. 2018-yilning iyun oyida bitkoin narxi 6 ming dollardan qimmatroq bo‘lgan, 2019-yilning boshida esa uning narxi 3,5 ming dollargacha pasaygan. Shundan so‘ng bitkoin narxi yana oshishni boshlagan.
Bundan roppa-rosa bir yil avval — 2020-yil 13-mart kuni bitkoin narxi eng past ko‘rsatkichga tushib, 4 ming dollarga tenglashgan edi. Shundan keyin uning qiymati turg‘unlik bilan o‘sdi — mart oxiriga kelib u 6,8 ming, 2020-yil o‘rtalariga kelib — 9,2 ming, 2021-yil 1-yanvariga kelib esa 29 ming dollarga yetdi.
Dekabr o‘rtalarida bitkoin narxi 5 ming dollarga oshgan edi. 16-dekabr kuni kriptovalyuta qiymati birinchi bor bir sutkada 12 foizga qimmatlashib, 20 ming dollarlik chegaradan o‘tib ketgan. 21-dekabr kuni bitkoin kursi 24 ming dollardan oshgan, keyingi bir necha kun davomida esa 24,6 ming dollarlik oraliqda saqlangan. 26-dekabr kuni esa bitkoin narxi birinchi bor 25 ming dollardan oshib ketgandi.
Izoh (0)