O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev (30-8-2) o‘zining navbatdagi jangini 11-mart, payshanba kuni Bahraynda o‘tkazdi.
Nursulton Brave CF 47 musobaqasi doirasida fransiyalik Ibrohim Manega qarshi (8-4) oktagonga chiqdi. O‘zbekistonlik sportchi 1-raunddayoq raqibini taslim etib, muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, bu Nursulton uchun MMA’dagi faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan 30-g‘alaba bo‘ldi. Shuningdek, sportchi Brave CF promousheni bayrog‘i ostida ilk bor jang qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev 2021-yil fevralida shtab-kvartirasi Bahraynda joylashgan Brave CF promousheni bilan shartnoma imzolagandi.
Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)