“Yuventus” 2021-yilning yozida Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar qilmoqda italiyalik jurnalist Nikola Skira.
Jurnalistning versiyasiga ko‘ra, klub shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan futbolchini bilan shu yozdayoq sotib yubormoqchi. Sabab sifatida Ronalduning yuqori maoshi ko‘rsatilgan.
Yana bir jurnalist Fabritsio Romanoga ko‘ra, rahbariyat jamoani qayta qurmoqchi va urg‘uni yosh o‘yinchilarga qaratadi. Klub yaqin orada Ronaldu bilan uning kelajagi borasida muzokara o‘tkazadi.
Ronaldu “Yuventus”ga 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga o‘tgandi. Shu vaqtga qadar u turinliklar safida 121 o‘yin o‘tkazib, 92 gol va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)