• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    MDHdagi eng ommabop vaksinalar, Britaniyada aniqlangan yana yangi shtamm, Xitoy vaksinasi bilan emlanadigan Olimpiada ishtirokchilari. Koronaxabarlar

    O‘tgan bir kecha-kunduzdagi koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” dayjestida.

    “Sputnik V” va AstraZeneca MDHdagi eng ommabop vaksinalarga aylandi

    Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ning o‘nta davlatidan yettitasi — Belarus, Moldova, Armaniston va to‘rtta Markaziy Osiyo mamlakati — Rossiyaning ortidan aholini COVID-19’ga qarshi emlash uchun “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda foydalanish uchun ruxsat berdi. Va ularning kamida oltitasida ushbu dori emlash uchun allaqachon qo‘llanilmoqda.

    Bundan tashqari, “Sputnik V” Rossiyadan tashqari yana ikkita mamlakatda ishlab chiqarilmoqda. Qozog‘istondagi Qarag‘anda farmatsevtika majmuasida mart oyida 150 ming dozada vaksina ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Mart oxiridan u Belarusda ham chiqarila boshlaydi. “Sputnik V” ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyati Armaniston va Qirg‘iziston bilan ham muhokama qilinmoqda.

    Sobiq ittifoq mamlakatlari (Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmanistondan tashqari) Rossiya vaksinalari bilan birga, COVAX xalqaro platformasi orqali ham vaksinalarni qo‘lga kiritadi. Ushbu dastur orqali yetkaziladigan vaksinalarning katta qismi AstraZeneca Britaniya—Shvetsiya kompaniyasining Covishield dorilaridir. AstraZeneca vaksinalari Moldova, Ukraina va Ozarbayjonda allaqachon qo‘llanilmoqda.

    Shunga qaramay, Sobiq ittifoq mamlakatlarida emlash sur’atlari past bo‘lib qolmoqda. Rossiyada vaksinaning kamida bitta dozasini olgan aholi ulushi 3,3 foizga teng — bu MDH mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

    Ta’kidlash joiz, “Sputnik V” vaksinasini ma’qullagan davlatlar soni 50 taga yetdi. Uni oxirgi bo‘lib Namibiya Respublikasi ma’qulladi.

    Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

    Buyuk Britaniyada avvalroq VUI deb nom berilgan koronavirusning yangi shtammi bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlandi va umumiy holatlar soni o‘ntaga yetdi, shulardan yettitasi Angliyada, uchtasi Shotlandiyada qayd etilgan. Ilk ikkita holat Buyuk Britaniyada 4-mart kuni yaqinda Antiguada bo‘lib qaytgan shaxslarda kuzatilgan edi.

    Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlanadi

    Tokio va Pekindagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar bilan emlanadi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi.

    Ushbu vaksinalar bilan nafaqat sportchilar va jamoalar, balki Olimpiada va Paralimpiadaga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar aholisi ham emlanadi. Xitoy vaksinalarini ishlab chiqarish XOQ tomonidan moliyalashtiriladi va u qo‘shimcha dozalar uchun ham to‘laydi.

    Yevropada koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksina ma’qullandi

    Yevropa dori vositalari agentligi Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini Yevroittifoq hududida qo‘llash uchun ma’qulladi. 18 yoshdan kattalarni vaksinatsiya qilishga ruxsat berildi. Undan foydalanishni boshlash uchun regulyatorning tavsiyasini Yevropa komissiyasi tasdiqlashi kerak.

    Johnson & Johnson vaksinasi AQSh, Kanada va Bahraynda ham ma’qullangan. Boshqa ko‘pchilik vaksinalardan farqli o‘laroq, ushbu dorini ikki dozada emas, bitta dozada — bir marta qabul qilish kerak.

    Shu paytgacha Yevroittifoqda Pfizer/BioNTech, AstraZeneca va Moderna kompaniyalari vaksinalari foydalanish uchun ma’qullangan. Vaksinalar markazlashgan holda Yevroittifoq darajasida sotib olinadi va aholi soniga proporsional tarzda mamlakatlar bo‘ylab taqsimlanadi.

    Pfizer va Novavax vaksinalari COVID-19’ning “britancha” shtammiga qarshi samarali bo‘lib chiqdi

    Pfizer/BioNTech kompaniyasining vaksinasi Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot chog‘ida COVID-19’ning simptomli holatlarida 97 foiz, simptomsiz holatlarida esa 94 foiz samaradorlik ko‘rsatdi. SSV tomonidan tahlil qilingan holatlarning 80 foizdan ortig‘ida gap koronavirusning birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan B.1.1.7 shtammi haqida borgan. Pfizer ma’lum qilishicha, bu vaksinaning B.1.1.7 shtammi bilan kasallanishga qarshi samaradorligini isbotlaydi.

    Shuningdek, Amerikaning Novavax biotexnologik kompaniyasi vaksinasi ham “britancha” shtammga qarshi samarali bo‘lib chiqdi. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, vaksinaning koronavirusning birlamchi variantiga qarshi samaradorligi 96,4 foizni, “britancha” variantga qarshi samaradorligi esa 86,3 foizni tashkil qilgan.

    Mavzuga doir:

    • 64 foizga xavfliroq bo‘lib chiqqan “britancha” shtamm, turizmni qayta tiklayotgan mamlakatlar, bolalarni emlashni boshlagan Isroil va boshqa koronaxabarlar
    • Rus ruletkasiga qiyoslangan “Sputnik V”, Xitoyda joriy qilingan vaksina pasportlari, koronavirusga qarshi kurashda yordam beradigan superkompyuter. Koronaxabarlar

    12.03.2021, 10:25   Izoh (0)   9616
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daniya, Norvegiya, Islandiya va Italiya AstraZeneca vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bunga tromblar paydo bo‘lishi holatlari sabab bo‘ldi

    12.03.2021, 09:42

    Myanma sobiq yetakchisi Aun San Su Chji 600 ming dollar va oltinlarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

    12.03.2021, 08:00

    Sergey Skripalning “Novichok” zaharidan tozalangan uyi sotuvga qo‘yiladi

    12.03.2021, 06:06

    Fukusima AESdagi avariyadan keyin 10 yil o‘tdi. Falokat zonasi hozir qanday holatda? (foto)

    11.03.2021, 23:59

    Chernobildan keyingi eng dahshatli yadroviy falokat. Fukusima fojiasi — suratlarda

    11.03.2021, 22:48

    Politico: 2020-yil AQSh tarixidagi eng ko‘p o‘lim olib kelgan yil bo‘ldi

    11.03.2021, 19:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.