Minsk avtomobil zavodi (“MAZ”) O‘zbekistonda o‘z shassilarining yig‘uv ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda zavod matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasidagi qaror “MAZ” OAJ bosh direktori va O‘zbekistonning Krantas MChJ vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlar hisobga olinsa, yig‘uv ishlab chiqarishni tashkil etish ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini va mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar bozorida Belarus transport vositalarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.
“Ayni vaqtda ‘MAZ’ OAJning rasmiy distribyutori MAZ—Tashkent QK MChJ O‘zbekiston hududida ‘MAZ’ning maxsus, yuk va yo‘lovchi texnikalarini muvaffaqiyatli sotmoqda, yangi avtomobil shassilarining yangi yig‘uv ishlab chiqarilishini tashkillashtirish esa Belarus flagmanining ushbu bozorda avtomobilsozlikdagi holatini mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deyiladi avtomobil zavodi xabarida.
Ma’lumot uchun, Minsk avtomobil zavodi o‘z faoliyatini 1947-yilda boshlagan bo‘lib, hozirda turli modifikatsiyadagi 500 modelni ishlab chiqaradi. Ular orasida to‘liq uzatmali avtomobillar, samosvallar, shassi, tirkama, shatakchi, kran, maxsus texnika va 15 yaqin avtobus modeli mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning martida “MAZ” O‘zbekistonga avtobuslar, elektrobuslar hamda aeroportlar uchun peron avtobuslar yetkazib berishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)