• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    OKMK: Sanoatdagi ilm-fan va innovatsiyalar

    Milliy matbuot markazida “Olmaliq KMK” AJdagi texnologik jarayonlarga ilm-fan yutuqlarini joriy etish hamda innovatsiyalarning sanoat rivojidagi roli masalalariga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishdagi keng miqyosli ishlarning ko‘pgina qismini kombinatda maxsus ochilgan ilm-fan va innovatsiyalar bo‘limi amalga oshirmoqda.

    Ishlab chiqarishga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash, yangi raqobatbardosh, shu jumladan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni, kimyoviy birikmalar va reagentlarni, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni ta’minlash, bu borada mamlakat xomashyosidan ko‘proq foydalanish – OKMK faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

    Bugungi kunda kombinatda 40 dan ortiq turdagi tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi. Xususan, 14 ta kimyoviy elementlar toza va kombinatsiya qilingan ko‘rinishida, ya’ni 10 tasi – mis, rux, kadmiy, oltin, kumush, palladiy, tellur, selen, volfram va molibden toza birlamchi, qolgan 4 tasi – reniy, kalsiy, oltingugurt va qo‘rg‘oshin esa kimyoviy birikmalar ko‘rinishida ishlab chiqarilmoqda.

    “Konferensiyada ko‘tarilgan savollardan biri – tabiiy resurslardan qimmatli tarkibiy qismlarning ajratib olinishi ko‘rsatgichi qandayligi to‘grisida bo‘ldi. Yer osti boyliklaridan ratsional foydalanish, degan tushuncha bor. Bizning vazifalarimizdan biri, bu rudalardan qimmatli tarkibiy qismlarni ajratib olishdir va bu sohada muhim ishlar bajarilgan. Masalan, oldinlari mis boyitish fabrikasida misning rudadan boyitmaga ajralib chiqishi ko‘rsatgichi 72-74 foizni tashkil etgan. Rahbariyat tomonidan qurilmalarni tiklash, yangi texnologiyalarni joriy etish hisobiga mazkur ko‘rsatgichni oshirish vazifasi qo‘yilgan edi. Jumladan, joriy yilning yanvar oyi yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 85 foizgacha ko‘tarildi”, — deydi “Olmaliq KMK” AJ bosh muhandisining texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Saynazarov.

    Ishlab chiqarish va ilm-fanning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha turli xildagi ishlar – OKMK faoliyatidagi yana bir muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri. Jumladan, 2019-yil aprel oyida Koreya davlat nodir metallar instituti Kiram bilan birgalikda ilk O‘zbekiston — Koreya nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazi tuzilgan. Markazning vazifasi – yuqori soflikdagi metallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish.

    Hozirgi vaqtda markazda 22 nafar ilmiy xodim, jumladan, to‘rt nafar fan doktorlari, ikki nafar professorlar faoliyat olib bormoqda. Koreya tomonidan ham mutaxassislar jalb qilingan. Ular bilan onlayn rejimda ish olib boriladi.

    Hozirda mutaxassislar o‘ta sof metall – molibden, reniy, volfram va boshqalarni ajratib olish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutgan holda, ularni qayta ishlash texnologiyasi, yangi mahsulotni olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

    “Markazga jihozlar bir necha bosqichlarda yetkazib beriladi. Jihozlarni yetkazishning 1,1 million AQSh dollarlik birinchi bosqichi yakunlanib bo‘lgan. Unda yangi mahsulotning har xil turlari ishlab chiqarilmoqda. Masalan, yaqinda biz Xorazm viloyatining Pitnak shahrida bo‘ldik. U yerda joylashgan Damas avtomobillarini ishlab chiqarish zavodida kontaktli payvandlash uchun mis-xrom kontaktlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi FA U.A. Arifov nomidagi ion-plazmali va lazerli texnologiyalar institutida sinovdan o‘tkazilgan volfram-mis nishonni ham ishlab chiqardik. Bu nishon volfram va mis asosidagi qatlam bilan qoplash uchun mo‘ljallangan. Biz gamma-faollashtirish tahlil spektrometri uchun nishonni ishlab chiqarishni ham mahalliylashtirdik. Hozirgi vaqtda u sinovdan o‘tmoqda”, — dedi O‘zbekiston-Koreya nodir metall va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazining kompozit va istiqbolli materiallar, nanotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri Amir Abidov.

    A.Abidovning ta’kidlashicha, ikkinchi bosqich doirasida, ya’ni 2021—2022-yillarda qoplamalar bilan qoplash uchun mo‘ljallangan jihozlarni yetkazish rejalashtirilgan. Ya’ni biz nishonlarni yaratdik va endi ulardan qoplama uchun foydalanamiz. Xususan, burg‘ulash va mashinaga ishlov beruvchi uskunalarda qo‘llaniladigan qattiq qotishmalar ham qoplamalar bilan qoplanadi, bu esa ularning yeyilishga qarshiligi va mustahkamliligini sezilarli darajada oshiradi.

    Markaz mutaxasislari tomonidan maxsus qattiq qoplamalar uchun volfram asosidagi nanokukunlar olish texnologiyasi ham yaratildi. Ular ishlab chiqarishga joriy qilingan va qattiq qotishmalarning chidamliligini oshirishda qo‘llanilmoqda. Aynan shu qattiqlikda, davlat standartlari talablariga qiyoslaganda mustahkamlik 15 foizga oshiriladi.

    “Kombinat mutaxassislari tomonidan olingan yana bir yangi turdagi mahsulot – payvandlanadigan gradiyent qattiq qotishmalar. Ular, masalan, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilishi mumkin.

    Ma’lumki, yer haydash uchun plug vaqt o‘tishi bilan eskiradi. Odatda, eskirgan qismini almashtirish uchun marganesli po‘lat payvandlanadi. Biz esa payvandlanadigan qattiq qotishmani tayyorladik, natijada yeyilishga qarshilik 20 martadan ko‘proqqa oshdi. Mazkur texnologiya Andijon mashinasozlik institutida laboratoriya sinovidan o‘tdi. Hozirda tajriba-sanoat sinovlariga tayyorgarlik ketmoqda. Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu texnologiya, jumladan, qurilish texnikasi uchun, masalan, ishqalanish qismlari, abraziv yeyilishlar mavjud bo‘lgan ekskavatorlar cho‘michlari uchun samaralidir. Sinovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish rejalashtirilmoqda”, — deydi A. Abidov.

    Shunday qilib, bugungi kunda markaz tomonidan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli tadqiqotlar natijasida, OKMK nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mutaxassislari nodir metallar asosida yangi turdagi mahsulotning ilk namunalarini tayyorlashga erishdi.

    Bundan tashqari, kombinatning ishlab chiqarish zanjirida texnologiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha katta ahamiyatli ishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ham mahalliy, ham xorijiy sheriklar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, boyitish fabrikasining oksidlangan mis rudalari va chiqindilarini qayta ishlash, shuningdek, mahalliy xomashyodan olein kislotasini va ko‘pik yaratuvchi vositaning flotatsiyasida qo‘llanadigan T-92 reaktivini olish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Mineral xomashyoni boyitish texnologiyalari loyiha instituti bilan hamkorlik qilinmoqda.

    Kombinat mutaxasislari, ratsionalizatorlik takliflarini ilgari surib, ishlab chiqarish muammolarini hal qilishda faol ishtirok etishmoqda. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida, 2020-yilda OKMK 40,6 milliard AQSh dollari qiymatida iqtisodiy samaradorlikka erishdi.

    Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    06.03.2021, 18:00   Izoh (0)   28426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    8-martni qayerda maroqli o‘tkazish mumkin?

    06.03.2021, 15:00

    Asaxiy.uz rahbari O‘zbekiston bo‘ylab 48 soat ichida yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qildi

    06.03.2021, 12:00

    Seoul Mun: Biznes va dam olish uchun katta imkoniyatlar olamiga sho‘ng‘ing

    06.03.2021, 09:00

    Realme’dan bahorgi chegirma: Buds Q simsiz quloqchinlarni sovg‘a sifatida oling

    05.03.2021, 18:00

    Mediapark’da chegirmalar kechasi!

    05.03.2021, 15:00

    Alfa Invest – yangi qiyofa bilan yangi marralar sari

    05.03.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.