• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Sil qanday kasallik? Unda saqlanish uchun nimalar qilish kerak? Ekspert bilan suhbat

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq odam sil kasalligidan aziyat chekadi. Eng achinarlisi, ushbu kasallikning davosi bo‘lsa-da, har yili 2 millionga yaqin kishi uning oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Buning sabablaridan biri aholining sil kasalligi xususida yetarlicha ma’lumotga ega emasligidir.

    Sil xususida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish va mavzu doirasida savollarimizga javob olish maqsadida Buxoro viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining tashkiliy uslubiy ishlar bo‘lim mudiri, oliy toifali ftiziatr vrach Jamshid Rahimov Jalilovich bilan suhbatlashdik.

    Foto: Jamshid Rahimovning shaxsiy arxividan

    —Assalomu alaykum, Jamshid Jalilovich. Avvalambor, vaqt ajratganingiz uchun tashakkur! Dastlab bizga sil kasalligi xususida ma’lumot bersangiz.

    — Assalomu alaykum! Albatta, dunyoning ko‘p mamlakatlarida aholining katta qismi sil mikobakteriyasi bilan zararlangan. Sil – umumiy yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning hamma a’zolarini shikastlashi mumkin. Uni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda bakteriyalar – sil tayoqchalari yuzaga keltiradi. Sil tayoqchalari organizmga kirgach, uzoq vaqt yashovchanligini saqlab qoladi. Oradan ko‘p yillar o‘tgach, organizm uchun noxush sharoitlar ta’sirida, ko‘p hollarda, sil tayoqchalari o‘pkani zararlaydi, ba’zi hollarda markaziy nerv tizimi, suyak-bo‘g‘im, buyraklar, jinsiy a’zolar, limfa tugunlari, qorin bo‘shlig‘i a’zolari, teri, ko‘z va boshqa a’zolar sili rivojlanishi mumkin.

    — Sil kasalligi qanday yo‘llar orqali yuqadi? Insoniyat bu kasallikdan qay darajada himoyalangan?

    — Sil tayoqchalari ko‘p hollarda organizmga nafas yo‘li orqali o‘tadi, o‘pka to‘qimalarida rivojlanadi va ko‘payadi. O‘pka to‘qimasida bo‘shliq (kaverna)lar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlarda millionlab sil mikroblari bo‘ladi. Mikroblar bemor yo‘talganda, aksirganda, qattiq gaplashganda, tupurganda balg‘am zarralari bilan atrofga otilib chiqadi va sachraydi. Bu ko‘zga ko‘rinmas balg‘am zarralarida minglab sil tayoqchalari bo‘ladi. Sil bakteriyalari bir necha soatgacha saqlanishi mumkin, ayniqsa xona havosida uzoq vaqt saqlanib qoladi. O‘pka sili bilan kasallangan bemor xonada uzoq vaqt qolsa, bakteriyalarning soni ko‘payib, boshqa kishilarning nafas yo‘llariga o‘tadi. Bu silni yuqtirishning asosiy yo‘li bo‘lib, havo-tomchi usuli deb yuritiladi. Bemor duch kelgan joyga balg‘am tashlasa, vaqt o‘tib qurib, sil tayoqchalari havoga chang bilan ko‘tariladi va nafas yo‘llari orqali sog‘lom kishilarga o‘tadi. Demak hech kim sil tayoqchalarning yuqishidan himoyalangan emas, chunki havo hamma uchun umumiydir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos
    O‘pkadagi sil tayoqchalari

    — Kasallikning asosiy simptomlari haqida gapirib o‘tsangiz. Sil kasalligiga chalingan kishilarda qanday belgilar kuzatiladi?

    — Kasallikning dastlabki belgilari:

    • yo‘talning 2 haftadan ortiq davom etishi;
    • vaqti-vaqti bilan isitmaning ko‘tarilishi;
    • darmon qurib, tez charchash, ortiqcha ko‘p terlash;
    • ozib ketish;
    • ishtahasizlik;
    • ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lishi.
    Yuqoridagi holatlar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. Shifokorga qanchalik erta murojaat qilinsa, davolanish shunchalik samarali bo‘ladi. Sil bilan og‘riyotgan bemorlar tavsiya etilgan dorilarni o‘z vaqtida qabul qilishlari hamda davolash kurslarini to‘xtatmasliklari shart!

    — Sil kasalligini yuqtirganlarda kasallik qanday kechadi?

    — Sil bakteriyalarini yuqtirganlarning barchasida ham kasallik rivojlanmaydi. Kasallikning rivojlanishi organizmning immuniteti, ya’ni organizmning kasallikka qarshi kurashuvchanligiga bog‘liq. Organizmning kasallikka qarshi kurashuvchanligi (immunitet) pasayganda, kasallikning rivojlanish ehtimoli ortadi. O‘z vaqtida ovqatlanmaslik, kashandalik, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish kabilar insonning kasallikka qarshi kurashuvchanligi xususiyatlarini susaytiradi hamda sil kasalligining rivojlanishiga zamin yaratadi.

    Sil ko‘p hollarda gripp yoki nafas yo‘llarining shamollashi niqobi ostida kechadi. Nafas yo‘llarini shamollashida ishlatiladigan dorilar esa sil tayoqchalariga ta’sir qilmaydi. Oqibatda odam kasallikni o‘tkazib yuboradi. Agar bemor vaqtida davolanmasa, yo‘tal kuchayib, balg‘am ajralib chiqadi, ba’zan qon tupuradi.

    Foto: Shutterstock

    — Sil kasalligini davolash mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bemor nimalarga e’tibor qaratishi lozim?

    — Sil uzoq davom etadigan kasallik. Uni davolash 6—8 oy muddatni talab etadi. Bu muddat davomida shifokor tavsiya etgan dorilarni qabul qilishda tanaffusga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar bemor davolanish davomida o‘zini yaxshi his etib, dorilar ichishni to‘xtatib qo‘ysa yoki vaqtida ichmasa, sil tayoqchalari dorilarga nisbatan chidamlilikni shakllantiradi, oqibatda sil tayoqchasining bu doriga chidamli bo‘lgan boshqa kuchliroq turlari paydo bo‘ladi. Silning bu turlariga qarshi kurashish ancha qiyin kechadi, davolanish uzoq cho‘ziladi. Agar bemor davolanmasa, kasallik o‘limga olib keladi. Davolanish davomida kasallikning yuqumliligi kamayib boradi.

    — Xalq orasida sil kasalligining avloddan avlodga o‘tishi xususida fikrlar yuradi. Shu fikrlar qay darajada to‘g‘ri?

    — Sil irsiy kasallik emas, u nasldan naslga o‘tmaydi. Faqat yaqin muloqotda bo‘lganligi sababli bemorning oila a’zolariga kasallikning yuqish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shuning uchun sil kasalligi ba’zi hollarda oilaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

    — Yurtimizda sil kasalligi profilaktikasi bilan bog‘liq amaliyotlar xususida ham ma’lumot bersangiz

    — Sil kasalligini aniqlash va davolash xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. Hozirgi vaqtda silga qarshi emlash (BSJ) tug‘ruqxonada, chaqaloq hayotining birinchi kunlarida o‘tkaziladi. Emlashning ta’siri 5—7 yildan keyin kamayadi. Shu munosabat bilan qayta emlashlar o‘tkaziladi.

    — Sil kasalligiga chalinmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

    • Har yili kamida bir marta shifokor nazoratidan o‘tib turing.
    • Kashandalik, ichkilikbozlik va giyohvandlik kabi illatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymang, chunki ular kasallik rivojlanishiga zamin yaratadi.
    • Kun davomida o‘z vaqtida ovqatlaning.
    • Xonalarga quyosh nuri tushib turishini ta’minlang. Sil tayoqchalari zax va qorong‘i joylarda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Qishda fortochkani ochib, xonani tez-tez shamollatib turing. Iliq va issiq kunlarda esa derazani kun bo‘yi ochib qo‘ying.
    • Xonalar, jihozlari changini nam yoki ho‘l latta bilan arting.
    • O‘rin-ko‘rpa, yostiq kabi yuvilishi qiyin bo‘lgan buyumlarni oftobda yoyib turing.
    Dilnoza Sobirova suhbatlashdi.

    05.03.2021, 16:59   Izoh (0)   29455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Epilepsiyaning barcha bilishi kerak bo‘lgan 9 ta belgisi

    04.03.2021, 20:59

    Charchoq, gastrit, shamollash: organizmda vitamin yetishmovchiligan darak beruvchi 6 ta belgi

    04.03.2021, 14:36

    50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar

    04.03.2021, 10:36

    Stress, charchoq va hamisha ochlik hissini keltirib chiqaruvchi boshqa sabablar

    03.03.2021, 22:48

    Sistit: kelib chiqishi, alomatlari va davolashda muhim tavsiyalar

    03.03.2021, 17:58

    Nonushtaga nima yeyish va yemaslik kerak?

    03.03.2021, 08:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.